So‘zana —faqatgina zardo‘zlik emas, balki butun bir madaniy hodisa bo‘lib, Markaziy Osiyo anʼanalari boyligini aks ettiradi. Bu o‘ziga xos buyumlar turli xil texnikalar va naqshlar yordamida ishlangan bo‘lib, ular oila hayotida muhim ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan.
Avval boshda so‘zana to‘y marosimining ajralmas qismi bo‘lgan. Kelin o‘z ota-onasi uyini tark etayotganida, bu sanʼat asari faqatgina marosimni bezabgina qolmay, balki himoya va farovonlik ham taʼminlagan. Yaʼnikim, oila ayollari so‘zanani kelinning boshi ustidan ko‘tarishi - bir avloddan boshqasiga farovonlik va g‘amxo‘rlikni o‘tkazish ramzini bildirgan.
Yoshlar uyida So‘zana o‘z vazifasini davom ettirib, qulaylik va himoya muhitini yaratgan. Birinchi tunaydigan kechada to‘shakni bezash uchun ishlatilgan, bu esa bu muhim onning ahamiyatini ko‘rsatgan. Tikilgan choyshablar va ko‘rpachalar nafaqat qulaylik yaratibgina qolmay, balki kelajak avlod uchun ham himoya vositasi bo‘lgan.
Vaqt o‘tishi bilan so‘zanalar uy bezagidan olib tashlangan bo‘lishiga qaramay, ularning ramziy ahamiyati o‘zgarmagan. Ular oila farovonligi va hamjihatligi ramziga aylanib, oila hayotidagi eng muhim voqealarni eslatib turgan.
You can learn more about the topic in the book-album "Central Asean Heritage in the Collections of Cambridge University" (Volume XXVIII) in the series "The Cultural Legacy of Uzbekistan in the World Collections".
The main sponsor of the project is the oilfield services company Eriell-Group.