Ikkinchi Xalqaro Kongress kunlarida Sankt-Peterburg Davlat Din tarixi muzeyi (DDTM) zarhal naqshli noyob choponni namoyish etadi.
Mutaxassislarning fikricha, u Buxoro amiri Sayyid-Abdul-Ahadxonga tegishli. Chopon qip-qizil baxmaldan tikilgan va qimmatbaho tilla kashtalar bilan bezatilgan.
Muzey rahbariyati taʼkidlaganidek, “O’zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida O’zbekistonga bag’ishlangan kolleksiya ilk bor maxsus tadqiqot obʼyekti bo’ldi. DDTMning kichik, ammo rang-barang to'plami katta tarixiy davrni – qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
To’plamda Qoratep (II-IV asrlar), Afrosiyob va Toli-Barzu (IV-XVII asrlar)dan Termiz va Samarqandning noyob topilmalari, buxoro yahudiylari kolleksiyasining bir qator qimmatli eksponatlari, shuningdek, XIX-XX asrlar O'zbekiston aholisining turmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi kiyim-kechak kolleksiyalari jamlangan. Bundan tashqari, kolleksiyadan rossiyalik rassom va grafik rassomlarning O’zbekiston bilan bog’liq rasmlari, hujjatli materiallar, jumladan, S.Dudinning etnografik eskizlari hamda Buxoro amiri Sayyid Abdul Ahad Xon mablag‘lari hisobidan qurilgan Sankt-Peterburg sobori masjidi tarixiga oid buyumlar o’rin olgan.