XVI asr Buxoro maktabiga mansub qo‘lyozmalar yorqin, toza ranglari bilan ajralib turadi, ular ko‘p hollarda bir-biri bilan aralashmagan. Ularning asarlari ko‘chirilgan, ba’zan boshqa kontekstda qayta ishlatilgan. Hozirda Fransiyada saqlanayotgan Sa’diyning "Guliston" asari aks etgan XVI asrga oid qo‘lyozma, shubhasiz, yuqori sifatli kitob san’atining yorqin namunasidir.
U mashhur xattot Mir Ali tomonidan kitobdor Sulton-Miroq munshiy rahbarligidagi Buxoro saroy kitobxonasida qayta ko‘chirilgan bo‘lib, uning tasvirlari durdona asar yaratish niyatidan dalolat beradi. Kitob 1543-yilda Abdulazizxon hukmronligi davrida ko‘chirilgan. Ehtimol, qo‘lyozma biror yuqori martabali insonga sovg‘a sifatida mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Qo‘lyozma ko‘plab miniatyuralar bilan bezatilgan, ammo ulardan biri musavvirning hazil tuyg‘usini namoyon etib, alohida ajralib turadi.
Unda Damashq masjidi hovuziga tushib ketgan kishiga Mag‘rib dengizi suvlarida yurgan, ammo oyoqlariga suv tegmagan shayx haqidagi rivoyat hikoya qilinadi. Ehtimol, syujet dastlab suvda yurgan Masih obrazi bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik uning asl ma’nosini tushunmasdan qayta talqin etilgan va qo‘llanilgan. Miniatyurada qirg‘oqdagi ikki baliqchi suvda yurgan shayxga hayrat bilan boqmoqda, lekin suvda dengiz maxluqi (nahang)ning mavjudligi ham ta’sirchanlikni oshiradi, chamasi, u ham ko‘rgan manzarasidan hayratda qolgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida. Movarounnahr bezakli qo'lyozmalari to‘plamlarida" turkumidagi mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.