“O‘zbekiston madaniy merosi jahon kolleksiyalarida” turkumidagi hashamatli ko‘k kitob-albomlarimiz vatani Turkiya poytaxti Istanbuldir.
Nashrlar “Mega Basim” bosmaxonasida chop etiladi. Uning to'liq nomi Mega Basim Yayın San. Ve Tic. A.Ş.
U 1991 yilda tashkil etilganida juda kichik va boshqa bosmaxonalardan farq qilmasdi. Endilikda esa Turkiyadagi yetakchi bosmaxonalardan biridir. Bu 12000 m2 maydonga ega korxona bo‘lib, mahsulotlarining 40 foizi xorijga - 35 ga yaqin davlatga eksport qilish uchun ishlab chiqariladi.
Nashriyot O‘zbekiston bilan 25 yildan ortiq, мamlakatimizdagi xorijiy elchixonalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan ham hamkorlik qilib keladi.
“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumi loyihasi darajasiga ko‘ra, bosmaxona tomonidan murakkab va eksklyuziv loyiha sifatida baholanmoqda. Nashriyotning taʼkidlashicha, ular hali bunday hajmdagi buyurtmaga ega bo‘lmagan.
“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to`plamalarida” loyihasi bosh homiysi “Eriell Group” neft-sevis kompaniyasi