“O’zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o’rtasidagi muloqotga yo’l” Ikkinchi xalqaro kongressi kunlarida Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Buyuk Pyotr (Kunstkamera) nomli Antropologiya va etnografiya muzeyida “Buxoroning ipak va oltini: Antropologiya va etnografiya muzeyi kolleksiyasida Buxoro amirlarining elchi sovg'alari” ko'rgazmasi ochiladi.
Taqdimot doirasida kengaytirilgan reallik texnologiyasida amalga oshirilgan “Raqs va ipak” loyihasi ham taqdim etiladi. Kongress aʼzosi, Kunstkamera direktori oʻrinbosari, tarix fanlari doktori, professor Yefim Rezvan gʻayrioddiy loyiha doirasida tomoshabinlar aynan nimani koʻrishi bilan o’rtoqlashdi.
Kongress doirasida Kunstkamera muzeyiga “O’zbekiston meʼmoriy epigrafiyasi” nomli 13 ta kitob-albom to’plamini topshirish marosimi bo’lib o’tadi.