
Sankt-Peterburgda bo’lib o’tayotgan “O’zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o’rtasidagi muloqotga yo’l” xalqaro kongressi doirasida “O’zbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumidagi navbatdagi besh jildlik kitob-albomlari taqdimoti bo’lib o’tadi.
“O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” turkumidagi “O’zbekiston madaniy merosi Germaniya to’plamlarida” kitob-albomi asosini qator muzeylar, kolleksiyalar va Germaniyadagi kutubxonalarda:
- Berlin davlat kutubxonasi,
- Berlin Islom san'ati muzeyi,
- Berlin etnologiya muzeyi,
- Linden, Shtutgart nomidagi etnologiya muzeyi,
- Gamburg san'at va hunarmandchilik muzeyi,
- Saksoniya davlat etnografik kolleksiyalari;
- Ganzaning Lyubek shahrining etnologik kolleksiyasi,
- faxriy senator M. Bumiller kolleksiyasida saqlanayotgan mamlakatimiz san’at yodgorliklari tashkil etadi.
Bular musulmon o’rta asrlari durdonalari, so’nggi o’rta asrlar o’zbek xonliklari davri, ХХ-asr o’zbek ustalarining mahsulotlari.
Nashr nafaqat ilmiy-tadqiqot jamoatchiligi vakillari, balki mamlakatimiz va xorijiy keng auditoriya, O‘zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi yosh avlod vakillari uchun ham mo‘ljallangan. Ta’kidlash joizki, jahonda o‘xshashi bo‘lmagan mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tarixiy, madaniy merosimizni va o‘zbek xalqining intellektual merosi asrab-avaylash, boyitish va takomillashtirish masalalariga shaxsan e’tibori tufayli amalga oshirilmoqda.
Kitob-albomga ilova qilingan maxsus suratga olingan hujjatli film bilan tanishib, kitobxonlar O’zbekistonning boy madaniyati va san’ati haqidagi tasavvurlarini kengaytirishlari mumkin.
“O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” ko’p jildli turkumida O’zbekiston tarixiy-madaniy merosining noyob namunalariga bag’ishlangan boshqa kitob-albomlarni nashr etish ko’zda tutilgan.