Yuqori texnologiyalar

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Yuqori texnologiyalar

Uyingizni tark etmay turib Samarqandning eng qiziq joylarida aylanmoqchimisiz? Virtual sayohat sizga shunday imkoniyatni taqdim etadi.

Virtual ko‘zoynakni taqib, o‘zingizni Registon maydonida, Samarqandning markazi bo‘lmish Ulug‘bek madrasasida topasiz va 15 – 17 asrlarning mashhur memoriy ansambliga buyuklik bilan sho`ng`iysiz.  Shuningdek qarshingizda Temuriy davri durdonalari – Amir Temur katta masjidi va Guri Amir maqbarasi namoyon bo`ladi. Bu Butunjaxon jamiyati innovatsion yo`nalishi  – VR- sayoxati tufayli amalga oshmoqda.

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati o‘z loyihalariga yangi texnologiyalar va raqamli innovatsiyalarni faol joriy etmoqda.

Bunga misol tariqasida "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi kitob-albomlar sahifalarida joylashgan maxsus QR-kodlarni keltirish mumkin. Ta’kidlash joizki, bu mamlakatimizda yosh avlodga mo‘ljallangan ilk ilmiy-ommabop turkumdir. Zero, aynan yoshlar uchun Butunjahon jamiyati klassik kitob-albomlarning interfaol formatlarini ixtiro qilgan. Endi maxsus dasturni yuklab olib, smartfon kamerasini QR-kodga yo‘naltirish orqali siz ma’lum bir artefakt yoki voqea haqidagi qisqa videolavhalar bilan tanishishingiz mumkin. Videolavhalar uch tilda — o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilgan. Har bir videolavha — Butunjahon jamiyati video blogining jiddiy ishi. Zamonaviy  texnologiyalar kitobni O‘zbekiston madaniyatiga oid jozibador qo‘llanmaga aylantirmoqda. Har bir kitobda, tarkibiga qarab, 10 dan 20 tagacha kod-havolalar keltirilgan.

MADANIY MOROSNI 3D FORMATDA SAQLASH UCHUN YANGI ITTIFOQCHI

Butunjahon jamiyati innovatsion loyihasining dolzarbligi zamonaviy 3D texnologiyalar yordamida tarixiy va madaniy meros obyektini saqlash bilan bog‘liq. Ammo bularning barchasi Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi Butunjahon jamiyati hamda Gerbert Mashner boshchiligidagi Global Digital Heritage (AQSH) hamjihatlikdagi tashabbusi va eksperimental loyihasidan boshlandi. AQSH va Oʻzbekiston mutaxassislaridan iborat qoʻshma texnik guruh xizmat safarida boʻlib, birgina Samarqandning oʻzida 12 kun ichida 73 000 ta fotosurat va 1321 ta lazerli skanlarni amalga oshirdi! Mutaxassislar Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi va uning ostida joylashgan maqbarani, Samarqand, Shahrisabz va Toshkentdagi Amir Temurning ulkan haykallarini skanerdan o’tkazdi. Shahrisabzda — Amir Temur yodgorlik majmuasi va Oqsaroyni. Jamoa Registonda to‘rt kun bo‘lib, asosan muzey, masjid va boshqa obyektlarni tashqi skanerdan o’tkazish bilan shug‘ullandi.

2017-yilda O‘zbekistonda, qadimiy Registon maydonida 100 dan ortiq yetakchi mahalliy va xorijiy tarixchilar, san’atshunoslar, dizaynerlar, yozuvchilar, shoirlar, 3D-xaritalash bo‘yicha mutaxassislar, rejissyorlar va operatorlardan iborat dunyodagi yagona doimiy ijodiy va texnik guruh imkonsiz narsani uddaladi: ular bir yil ichida butun O‘zbekiston tarixini 20 daqiqada hikoya qiluvchi noyob loyihani yaratdilar.

Bunday shoular dunyoda keng tarqalgan, lekin ular haqiqiy tarixiy voqealarga asoslanmagan. Namoyish maksimal aniqlik bilan amalga oshiriladi: unda ko‘rsatilgan har bir artefakt asl nusxadan raqamlangan. Bu nafaqat shou, balki keng ko‘lamli tarixiy spektakl bo‘lib, unda mehmonlarga maxsus effektlarni ko‘rish bilan bir qatorda bir necha asrlar davomida tarixning rivojlanishini kuzatish imkoniyati taqdim etildi. Ko‘rgazmaga o‘zbek teatr va kino aktyori, xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev rejissyorlik qildi, ilmiy maslahatchilar — O‘zbekiston va Gruziya Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladze hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Badiiy akademiyasi akademigi Akbar Hakimov, loyiha koordinatori — Anvar Yo‘ldoshev, prodyuser — Firdavs Abduxoliqov. O‘zbekiston zamini boshidan kechirgan ikki renessans davri g‘oyasi asos qilib olindi. Ijodiy jamoa ulkan izlanishlar olib bordi, yuzlab kitob va monografiyalar o‘rganildi. Germaniyalik hamkorlar sahnalarning uslubi va vizual mazmuni bilan shug‘ullandi. Keyin barcha sahnalarning sujet chizmasi "qalamda" chizildi, o‘zbek bastakori Shuhrat Zokirov boshchiligida umumiy musiqiy mavzu tug‘ildi. O‘zbekiston muzeylari va kutubxonalarida ko‘plab artefaktlar suratga olindi. Raqamlashtirish ko‘p vaqt talab qildi, biroq bu O‘zbekistonda ilgari amalga oshirilmagan artefaktlarni 3D formatida qayta yaratish imkonini berdi. Shou oldidan keng ko‘lamli texnik va texnologik tayyorgarlik ko‘rildi. Ilgari dunyoda mavjud bo‘lgan xaritalash loyihalari doim bir rangli yuzalarda ko‘rsatilgan. Elementar fizika: yorug‘lik devorga proyeksiya qilinadi va tasvir paydo bo‘ladi. Lekin Registon millionlab naqshlar bilan bo‘yalgan! Eng murakkab texnologik vazifani Germaniyaning Adhoc kompaniyasi, rejissyor Tomas Myuller va mapping  texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Helge Schafer ishtirokida amalga oshirdi. 2001-yilda UNESCO’ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon maydoniga noyob yoritish va ovoz moslamalarini o‘rnatish ham mas’uliyatli va ko‘p vaqt talab qiladigan ish bo‘ldi. Registon maydonida yubileyga bag‘ishlangan "Sharq taronalari" X Xalqaro musiqa festivalining yopilishi munosabati bilan ilk bor yorug‘lik va musiqali spektakl namoyish etildi. Loyiha «Eriell Group» kompaniyasining tashkiliy ko‘magida amalga oshirildi.