Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

15 may kuni ertalab “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Xalqaro kongressida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” deb nomlangan beqiyos loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Loyiha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida O‘zbekiston milliy san’ati, moddiy va badiiy madaniyatini keng jamoatchilik va ilmiy doiralar o‘rtasida keng targ‘ib etishni nazarda tutadi. Bu ma’lum darajada yosh avlodning bilim saviyasini kengaytirishga katta hissa qo‘shadi.

 

«O’z ko‘lami jihatidan, loyiha o‘ziga xos yagona bo‘lib, turli sabablarga ko‘ra, O‘zbekiston madaniy merosining  dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi muzeylar va shaxsiy kolleksiyalariga tushib qolgan ma’lum bir qismini o‘rganishni nazarda tutadi.  “O‘zbekiston madaniy merosi jahon kolleksiyalarida” loyihasi jahon muzeylari va alohida shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan madaniy-tarixiy merosning eng yaxshi amunalaridan iborat yagona kitob va videokatalogni yaratishga mo’ljallangan dunyodagi birinchi loyihadir», deya   taqdimotda ta’kidladi, loyiha muallifi va rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov. 

 

Loyihaning amalga oshirilishi nafaqat madaniy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga  ham ega, chunki u O‘zbekiston rahbariyatining zamonaviy hayotning eng muhim jihatlaridan biri – tarixiy o‘tmish va madaniy merosga bo‘lgan munosabatini butun dunyoga namoyish etadi. Turkum muallifi Firdavs Abduxoliqov va ilmiy rahbar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladzelar boshchiligida loyihaning ishchi guruhi tuzildi. Loyihani amalga oshirishda butun umrini O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganishga bag‘ishlagan jahonga mashhur olimlar – arxeologlar, san’atshunoslar, tarixchilar, mutaxassislar va ekspertlar ushbu loyihani yuqori baholagan va uning o‘ziga xosligini qayd etgan holda ishtirok etmoqda.
 

Loyiha ustida ish olib borishda yetakchi sharqshunos va san’atshunoslar ishtirok etmoqda. Ular orasida- Kamola Oqilova (san’atshunoslik fanlari doktori), Azamat Ziyo (tarix fanlari doktori, professor), Nizomiddin Mahmudov (filologiya fanlari doktori, professor), Akmal Saidov (yuridik fanlar doktori, professor), Aleksandr Jumayev (san’atshunoslik fanlari nomzodi), Elmira Gyul (san’atshunoslik fanlari doktori). Rossiyadan kelgan mutaxassislar ham katta yordam ko'rsatmoqda: Tigran Mkrtychev (Sharq 

 Davlat muzeyi,  san'atshunoslik fanlari doktori), Yekaterina Ermakova (Sharq  Davlat muzeyi, tarix fanlari nomzodi), Tatyana Zelyukina va Olga Polyanskaya (san'atshunoslik fanlari nomzodlari, Davlat Tretyakov galereyasi), Tatyana Yemelyanenko va Yelena Kubel (Rossiya etnografiya muzeyi, tarix fanlari doktori va tadqiqotchisi) va boshqalar.
 

Ularning barchasi bugun shu yerda, Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” xalqaro Kongressi ishtirokchilari safida. Ularning har biri loyihada o'z ish sohasi ishining natijalarini taqdim etadi, bu ushbu turkumga kiritilgan alohida hajmni anglatadi.
 

Birinchi jild Sharq davlat muzeyi kolleksiyalaridagi O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan. Bu haqda mazkur muassasa direktori, tarix fanlari doktori Aleksandr Sedov va Sharq davlat muzeyi bo‘lim mudiri Yekaterina Ermakovalar batafsil so‘zlab berdi. “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumining birinchi albomi Sharq davlat muzeyida (Moskva) saqlanayotgan O‘zbekiston buyumlari kolleksiyasiga bag‘ishlangan. Ushbu muzeyning butun turkum ochib beruvchi  sifatida tanlanishi tasodifiy emas. Buning bir qancha sabablari bor – aslida bu muzey, 1918 yilda tashkil topgan paytidanoq, O‘zbekiston bilan ham ilmiy qiziqishlar, ham shu zaminda dunyoga kelgan, Oʻzbekistonda tahsil olgan, Sharq davlat muzeyida ishlagan va hozir ham faoliyat yuritib kelayotgan bir qator mutaxassislarning shaxsiy taqdirlari bilan chambar-chas, eng yaqin aloqalar bilan bog‘langan”.

 

Ikkinchi jildga Rossiya etnografiya muzeyi fondidagi O‘zbekiston madaniy merosiga oid materiallar kiritilgan. Ushbu kitobning mazmuni bilan, Rossiya Etnografiya muzeyining muzey qadriyatlarini hisobga olish, saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Nikolayevna Prokopyeva va tarix fanlari doktori, Rossiya etnografiya muzeyining  Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy madaniyati bo‘yicha yetakchi ilmiy xodimi Tatyana Grigor’yevna Emelyanenko tanishtirishdi. Taqdim etilgan kitob-albom Sankt-Peterburgdagi Rus etnografiya muzeyining eng boy va rang-barang kolleksiyasiga bag‘ishlanadi. Uning mualliflari muzeyning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻzbek kolleksiyasi bilan bir qatorda, qoraqalpoq, O’rta Osiyo arablari va Buxoro yahudiylarining kolleksiyalarini ajratib koʻrsatadilar. Taqdim etilgan buyumlar orasida O'zbekiston dekorativ-amaliy san'atining chinakam durdonalari ham bor. S.M. Dudinning oʻtgan asr boshlaridagi ekspeditsiyalarida va muzey xodimlari tomonidan undan keyingi Oʻzbekistonga qilingan etnografik ekspeditsiyalarida to'plangan narsalarga asoslangan kolleksiya, taqdim etilgan hajmda birinchi marta nashr etiladi. 
 

Keyingi jild Davlat Tretyakov galereyasiga bag'ishlangan. Sanʼatshunoslik fanlari doktori, bosh direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Tatyana Karpova va sanʼatshunos Olga Polyanskaya yigʻilganlarga taʼkidlaganidek, ushbu kitob-albom Davlat Tretyakov galereyasidagi Oʻzbekistonning zamonaviy rasmlari kolleksiyasiga bagʻishlangan. O'z kompozitsiyasida u ko'p jihatdan o'ziga xos bo'lib, g'oyat qiziqarli landshaft asarlari, portretlar va natyurmortlar bilan ajralib turadi. Ushbu to‘plam ilk bor to‘liq nashr etilmoqda va nafaqat O‘zbekistondagi zamonaviy san’at tadqiqotchilari, balki keng kitobxonlar ommasi uchun ham qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.
 

IV jildni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti san’atshunoslik fanlari doktori Elmira Gyul taqdim etdi. U xorij kolleksiyalaridagi O‘zbekiston kashtachilik va gilamlariga bag‘ishlangan. Kitob-albom birinchi marta Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh va Rossiyada saqlanadigan ba'zi xorijiy muzeylar va shaxsiy kolleksiyalar haqida aniq tasavvur beradi. Kitobda XIX—XX asr boshlarida, Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan kashtachilik va gilam turlari, oʻzbek sanʼatining ushbu turlarining xorijiy kolleksiyalarni  qanday to’ldirishi atroflicha yoritilgan.
 

San’atshunoslik fanlari nomzodi, Xalqaro an’anaviy musiqa kengashining “Maqom” tadqiqot guruhi raisi Aleksandr Jumayev musiqa merosi, va albatta, V jild haqida ham gapirdi. Oʻzbekiston musiqa merosiga bagʻishlangan ushbu kitob-albom asosiga, harbiy kapelmeyster va musiqiy etnograf- A.F. Eyxgornning to’plamidan musiqali asboblar kolleksiyasining ta’riflari yotadi. Shu bilan birga, kitobda Oʻzbekiston hududidagi cholgʻu asboblarining bronza davri (miloddan avvalgi III-II ming yilliklar)dan to hozirgi kungacha boʻlgan tarixi tasvirlangan. Kitob Oʻzbekiston musiqa merosi obʼyektlarini oʻz ichiga olgan bir qator xorijiy toʻplamlarning qisqacha sharhi bilan toʻldirilgan. Milliy o‘zbek klassik musiqasining nodir yozuvlari jamlangan disk, kitobning o‘ziga xos ilovasi bo‘ladi.
 

VI jild Rossiya Milliy kutubxonasi to'plamiga bag'ishlangan. Uni Rossiya Milliy kutubxonasining Sharq kolleksiyalari sektori mudiri Olga Valentinovna Vasilyeva taqdim etdi. Kitob buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy ijodini aks ettiruvchi Rossiya Milliy kutubxonasining qo‘lyozmalar fondiga bag‘ishlangan. Bu qo‘lyozmalar XV-XVI asrlarga oid noyob to‘plam bo‘lib, ularning nashr etilishi Alisher Navoiy ijodini o‘rganishga katta hissa qo‘shadi.

 

Soʻngra, filologiya fanlari nomzodi, Davlat Ermitajining Sharq boʻlimi Markaziy Osiyo, Kavkaz va Qrim boʻyicha sektor mudiri Pavel Lur’ye va tarix fanlari nomzodi, Davlat Ermitajining Sharq boʻlimi Markaziy Osiyo, Kavkaz va Qrim boʻyicha sektor katta ilmiy xodimi Andrey Omelchenkolar so’z oldilar. Ular, shuningdek Davlat Ermitaji kollektsiyasiga ham bag'ishlangan VII jild haqida gapirdilar. Kitob O‘zbekiston hududidan topilgan eng nodir buyumlar kolleksiyasiga bag‘ishlangan. Albomda mashhur Ayrtam frizi - miloddan avvalgi I asrga oid, akanfning yam-yashil barglari orasidan ko’rinib turgan musiqachilarning yarim figuralari aks etgan tosh rel’yef kabi noyob topilmalar joy oladi. Hozirgi kunda, bir paytlar Shimoliy Baqtriyadagi ibodatxonani bezab turgan friz parchasi Davlat Ermitajida saqlanmoqda. Bu yerda, shuningdek, Tuproqqal’a, Panjikent va Varaxshadan topilgan o‘rta asr monumental-dekorativ san’atining eng nodir asarlari namoyish etiladi.
 

Keyingi jild Sharq qo‘lyozmalari instituti fondiga bag‘ishlangan. Tarix fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qoʻlyozmalari instituti direktori Irina Popovaning aytishicha, albomda al-Beruniyning mashhur “Oʻtmishdagi avlodlar yodgorliklari” asari eng qadimiy ro’yxatlaridan biri  joy olgan, shuningdek, Ogʻahiy, Bisoti Samarqandiy, Bedil, Hofiz Sheroziy, Sayido Nasafiy kabi shoirlarning devonlari, Shavkat— Muhamad Ishoq Buxoriy devonining sakkiz roʻyxati, Shams Tabriziyning devoni, Jaloliddin Rumiy masnaviyi, Ismat Buxoriy,  Gʻoziy Ho’qandiy va boshqa shoirlarning she’rlar to’plamlari ham kiritilgan.
 

IX jildda Davlat tarix muzeyi kolleksiyasi taqdim etilgan. Tarix fanlari doktori, Davlat tarix muzeyi arxeologiya yodgorliklari bo‘limi boshlig‘i Natalya Shishlina va Davlat tarix muzeyi matolar bo‘limi boshlig‘i Olga Gordeevalar uning mazmuni haqida batafsil ma’lumot berishdi. Albomda mazkur muzeyda saqlanayotgan tarixiy merosning noyob ashyolari orqali, o‘quvchi qadimgi Xorazmning ilk o‘troq dehqonchilik vohalari olami, keyingi davrlarda o‘z aksini topgan bezak naqshlari – devoriy rasmlar, o’yma naqshlar, kulolchilik buyumlari va boshqa buyumlar bilan tanishadi. 
 

O‘zbekiston gilamdo‘zligining asrlar davomida saqlanib qolgan an’analariga bag‘ishlangan 10-jildi bilan esa, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining san’atshunoslik fanlari doktori Elmira Gyul tanishtirdi.

Mikroskop ostida kitob: Kitoblarimiz qayerda nashr etiladi?

Mikroskop ostida kitob: Kitoblarimiz qayerda nashr etiladi?

Ko‘proq o‘qish...
Китоб микроскоп остида: китоб нашр этиш

Китоб микроскоп остида: китоб нашр этиш

Ko‘proq o‘qish...
Таълиқ хати: «осма» ва расмий

Таълиқ хати: «осма» ва расмий

Ko‘proq o‘qish...
Микроскоп остидаги китоб: Квадрат ичидаги муҳташамлик

Микроскоп остидаги китоб: Квадрат ичидаги муҳташамлик

Ko‘proq o‘qish...
Микроскоп остидаги китоб: Муқовалашнинг

Микроскоп остидаги китоб: Муқовалашнинг

Ko‘proq o‘qish...
Амирни кутиб олишда қандай мусиқа асбобидан фойдаланилган? Ёки Амир Темурнинг севимли чолғу асбоби ҳақидаги ҳақиқатлар.

Амирни кутиб олишда қандай мусиқа асбобидан фойдаланилган? Ёки Амир Темурнинг севимли чолғу асбоби ҳақидаги ҳақиқатлар.

Ko‘proq o‘qish...
Навоийнинг қанча бойлиги бор эди?

Навоийнинг қанча бойлиги бор эди?

Ko‘proq o‘qish...
Микроскоп остидаги китоб: Китоб нимадан иборат?

Микроскоп остидаги китоб: Китоб нимадан иборат?

Ko‘proq o‘qish...
XIX  аср охирида Ўзбекистон қандай кўринишда бўлган? Шаҳарлар, саройлар ва урф-одатлар акс этган ноёб суратларни томоша қилишнинг ноёб имконияти пайдо бўлади

XIX аср охирида Ўзбекистон қандай кўринишда бўлган? Шаҳарлар, саройлар ва урф-одатлар акс этган ноёб суратларни томоша қилишнинг ноёб имконияти пайдо бўлади

Ko‘proq o‘qish...
БЎЁҚЛАР ВА ЗАРВАРАҚ ҚОПЛАШ АМАЛИЁТИ

БЎЁҚЛАР ВА ЗАРВАРАҚ ҚОПЛАШ АМАЛИЁТИ

Ko‘proq o‘qish...
Микроскоп остидаги китоб: Коғоз

Микроскоп остидаги китоб: Коғоз

Ko‘proq o‘qish...
ОСИЁЧА “МОЙДОДИР” (ЮЗ-ҚЎЛ ЮВГИЧ)! КЎЗАЛАРНИ ТЎҒРИ АТАЙМИЗ!

ОСИЁЧА “МОЙДОДИР” (ЮЗ-ҚЎЛ ЮВГИЧ)! КЎЗАЛАРНИ ТЎҒРИ АТАЙМИЗ!

Ko‘proq o‘qish...
Ибн Синонинг саломатлик сирлари

Ибн Синонинг саломатлик сирлари

Ko‘proq o‘qish...
ПИЁЛА ТУБИДАГИ БАХТ ҚУШИ. УЙИНГИЗДА НОДИР БУЮМЛАР БОР-ЙЎҚЛИГИНИ АНИҚЛАНГ!

ПИЁЛА ТУБИДАГИ БАХТ ҚУШИ. УЙИНГИЗДА НОДИР БУЮМЛАР БОР-ЙЎҚЛИГИНИ АНИҚЛАНГ!

Ko‘proq o‘qish...
Заргарлар қимматбаҳо тақинчоқларни қандай яратишган?

Заргарлар қимматбаҳо тақинчоқларни қандай яратишган?

Ko‘proq o‘qish...
Ўрта асрларда Ўзбекистондаги газламалар нархи: фақат битта парда сотиш билан бутун ер солиғини тўлаш мумкин эди!

Ўрта асрларда Ўзбекистондаги газламалар нархи: фақат битта парда сотиш билан бутун ер солиғини тўлаш мумкин эди!

Ko‘proq o‘qish...
Ўзбекистонда қадим замонлардан бери “муқаддас” сув орқали қайси касалликлар даволанган?

Ўзбекистонда қадим замонлардан бери “муқаддас” сув орқали қайси касалликлар даволанган?

Ko‘proq o‘qish...
“Ўзбекистон маданий мероси жаҳон тўпламларида” лойиҳаси доирасида 60 жилдлик китоб-альбомлар нашр этилди

“Ўзбекистон маданий мероси жаҳон тўпламларида” лойиҳаси доирасида 60 жилдлик китоб-альбомлар нашр этилди

Ko‘proq o‘qish...
Ўзбекистонда Малайзиядаги  Ал-Бухорий фондининг бебаҳо ўзбек коллекциясига бағишланган китоб тақдимоти бўлиб ўтади

Ўзбекистонда Малайзиядаги  Ал-Бухорий фондининг бебаҳо ўзбек коллекциясига бағишланган китоб тақдимоти бўлиб ўтади

Ko‘proq o‘qish...
Ўзбекистонда кино санъати ривожининг асосий босқичларини очиб берувчи китоб нашр этилади

Ўзбекистонда кино санъати ривожининг асосий босқичларини очиб берувчи китоб нашр этилади

Ko‘proq o‘qish...
Ўзбекистонда Татаристон Республикаси музейларида ўзбек меросига бағишланган китоб тақдимоти бўлиб ўтмоқда

Ўзбекистонда Татаристон Республикаси музейларида ўзбек меросига бағишланган китоб тақдимоти бўлиб ўтмоқда

Ko‘proq o‘qish...
“Ўзбекистон маданий мероси жаҳон тўпламларида” туркумининг 35 жилди китоб-альбомлари Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академиясига топширилди

“Ўзбекистон маданий мероси жаҳон тўпламларида” туркумининг 35 жилди китоб-альбомлари Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академиясига топширилди

Ko‘proq o‘qish...
O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Narbayeva “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining kitoblarini topshirdi

O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Narbayeva “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining kitoblarini topshirdi

Ko‘proq o‘qish...
50 ta albomda O’zbekiston madaniy merosi durdonalari tasvirlangan

50 ta albomda O’zbekiston madaniy merosi durdonalari tasvirlangan

Ko‘proq o‘qish...
АҚШ ва Канаданинг шахсий коллекцияларидаги Ўзбекистон маданий мероси осори-атиқалари тўғрисидаги жилд нашр этилди

АҚШ ва Канаданинг шахсий коллекцияларидаги Ўзбекистон маданий мероси осори-атиқалари тўғрисидаги жилд нашр этилди

Ko‘proq o‘qish...
Aziz Abduhakimov: "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi noyob tashabbusdir

Aziz Abduhakimov: "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi noyob tashabbusdir

Ko‘proq o‘qish...
Temuriylar tarixi davlat muzeyida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlaridaa” loyihasi doimiy ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi

Temuriylar tarixi davlat muzeyida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlaridaa” loyihasi doimiy ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi

Ko‘proq o‘qish...
Firdavs Abduxoliqov: "Yoshlarimizni ma’rifatli qilishimiz kerak"

Firdavs Abduxoliqov: "Yoshlarimizni ma’rifatli qilishimiz kerak"

Ko‘proq o‘qish...
“O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi katta tadbir arafasida

“O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi katta tadbir arafasida

Ko‘proq o‘qish...
Маданий мерос – Ўзбекистон ва Франция ўртасидаги мулоқот кўприги

Маданий мерос – Ўзбекистон ва Франция ўртасидаги мулоқот кўприги

Ko‘proq o‘qish...
Шавкат Мирзиёевнинг давлат ташрифи арафасида Деҳли шаҳрида “Ўзбекистон-Ҳиндистон: маданиятлар мулоқоти” медиа-ивенти бўлиб ўтди

Шавкат Мирзиёевнинг давлат ташрифи арафасида Деҳли шаҳрида “Ўзбекистон-Ҳиндистон: маданиятлар мулоқоти” медиа-ивенти бўлиб ўтди

Ko‘proq o‘qish...
Dehlida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Dehlida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ko‘proq o‘qish...
ЎзОАВМА Бошқаруви раиси Фирдавс Абдухолиқов “Меҳнат Шуҳрати” ордени билан тақдирланди

ЎзОАВМА Бошқаруви раиси Фирдавс Абдухолиқов “Меҳнат Шуҳрати” ордени билан тақдирланди

Ko‘proq o‘qish...
Peterburgning markazidagi Buxoroning ipak ikatlari

Peterburgning markazidagi Buxoroning ipak ikatlari

Ko‘proq o‘qish...
Sankt-Peterburgdagi xalqaro kongress ochilishga tayyor

Sankt-Peterburgdagi xalqaro kongress ochilishga tayyor

Ko‘proq o‘qish...
Rossiya kutubxonasida Alisher Navoiy qoʻlyozmalari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Rossiya kutubxonasida Alisher Navoiy qoʻlyozmalari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Ko‘proq o‘qish...
Peterburgdagi din tarixi muzeyi O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga tayyorlamoqda

Peterburgdagi din tarixi muzeyi O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga tayyorlamoqda

Ko‘proq o‘qish...
Sankt-Peterburgda "O'zbekiston madaniy merosi" kongressi qanday bo'ladi

Sankt-Peterburgda "O'zbekiston madaniy merosi" kongressi qanday bo'ladi

Ko‘proq o‘qish...
Kongress ochilishi sharafiga Peterburg muzeyida virtual qiz raqsga tushadi

Kongress ochilishi sharafiga Peterburg muzeyida virtual qiz raqsga tushadi

Ko‘proq o‘qish...
Kongress ishtirokchilari Peterburgda buxoro Amirining unikal choponini ko’radi

Kongress ishtirokchilari Peterburgda buxoro Amirining unikal choponini ko’radi

Ko‘proq o‘qish...
Kongressda “Germaniya to’plamlarida O’zbekiston madaniy merosi” taqdim etiladi

Kongressda “Germaniya to’plamlarida O’zbekiston madaniy merosi” taqdim etiladi

Ko‘proq o‘qish...
Kamola Oqilova kongres haqida: bu jahon madaniyati uchun katta voqea

Kamola Oqilova kongres haqida: bu jahon madaniyati uchun katta voqea

Ko‘proq o‘qish...
ELMIRA GUL "O'ZBEKISTON MADANIY MEROSI" TURKUMIDAGI YANGI ALBOMLAR HAQIDA

ELMIRA GUL "O'ZBEKISTON MADANIY MEROSI" TURKUMIDAGI YANGI ALBOMLAR HAQIDA

Ko‘proq o‘qish...
Londondagi elchixonada “O`zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniyada" mavzuidagi xalqaro davra suhbati bo`lib o`tdi

Londondagi elchixonada “O`zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniyada" mavzuidagi xalqaro davra suhbati bo`lib o`tdi

Ko‘proq o‘qish...
Хорижда сақланаётган Навоийнинг ҳаётлигида ёзилган қўлёзмаларини Ўзбекистонда ҳам кўриш мумкин

Хорижда сақланаётган Навоийнинг ҳаётлигида ёзилган қўлёзмаларини Ўзбекистонда ҳам кўриш мумкин

Ko‘proq o‘qish...
“O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi “Yo‘l xaritasi”ni taqdim etadi

“O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi “Yo‘l xaritasi”ni taqdim etadi

Ko‘proq o‘qish...
Toshkentda o‘tmishning buyuk merosiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tayapti

Toshkentda o‘tmishning buyuk merosiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tayapti

Ko‘proq o‘qish...
Rtveladze: O‘zbekistonning madaniy merosi haqida butun dunyo bilishi kerak

Rtveladze: O‘zbekistonning madaniy merosi haqida butun dunyo bilishi kerak

Ko‘proq o‘qish...
Rossiya Fanlar akademiyasi qadimiy qoʻlyozmalarning nusxalarini Oʻzbekistonga topshiradi

Rossiya Fanlar akademiyasi qadimiy qoʻlyozmalarning nusxalarini Oʻzbekistonga topshiradi

Ko‘proq o‘qish...
Toshkentda “Tamaddunlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – maʼrifatli kelajak asosi” forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Tamaddunlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – maʼrifatli kelajak asosi” forumi bo‘lib o‘tadi

Ko‘proq o‘qish...
Rossiya kutubxonalari va muzeylariga O‘zbekiston madaniy merosi katalogi topshiriladi

Rossiya kutubxonalari va muzeylariga O‘zbekiston madaniy merosi katalogi topshiriladi

Ko‘proq o‘qish...
“O‘zbekiston madaniy merosi” jahon olimlarini Toshkent va Samarqandda birlashtirdi

“O‘zbekiston madaniy merosi” jahon olimlarini Toshkent va Samarqandda birlashtirdi

Ko‘proq o‘qish...
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

Ko‘proq o‘qish...
UzDaily: Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish maqsadida Butunjahon ilmiy jamiyati tashkil etildi

UzDaily: Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish maqsadida Butunjahon ilmiy jamiyati tashkil etildi

Ko‘proq o‘qish...
Poytaxtda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Poytaxtda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ko‘proq o‘qish...
153 – “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Xalqaro kongressi rezolyutsiyasi.

153 – “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Xalqaro kongressi rezolyutsiyasi.

Ko‘proq o‘qish...
Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Ko‘proq o‘qish...

Boshqa yangiliklar