6 iyun kuni Davlat Din tarixi muzeyida (Sankt-Peterburg) “O’zbekiston: madaniyatlar chorrahasida” ko’rgazmasi ochiladi.
Ekspozitsiya “O’zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o’rtasidagi muloqotga yo’l” Ikkinchi xalqaro kongressiga bag‘ishlangan.
Eslatib o’tamiz, avval xabar berganimizdek, ko’rgazmada tilla naqshli noyob chopon namoyish etiladi. Mutaxassislarning fikricha, u Buxoro amiri Sayyid-Abdul-Ahadxonga tegishli. Chopon qip-qizil baxmaldan tikilgan va qimmatbaho tilla kashtalar bilan bezatilgan.
Muzey rahbariyati taʼkidlaganidek, “O’zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida O’zbekistonga bag’ishlangan kolleksiya ilk bor maxsus tadqiqot obʼyekti bo’ldi. DDTMning kichik, ammo rang-barang to'plami katta tarixiy davrni – qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.