Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar akademiyasining Olimlar uyida “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” ikkinchi xalqaro kongressi ochilmoqda.
Ayni damda mehmonlarni qabul qilishga tayyorlanilmoqda.
Kongress O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” xalqaro multimedia loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda. Unda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 200 dan ortiq olimlar, ekspertlar, diplomatlar, davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. Kongress ishiga O‘zbekiston, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Eron, Rossiya, Polsha, Fransiya, Turkiya, Chexiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan yirik muzeylar va ilmiy muassasalar rahbarlari va direktorlari jalb etilgan.
Yalpi majlis O‘zbekiston arxeologiyasi, tarixi, sharq qo‘lyozmalari, numizmatika, to‘qimachilik, amaliy san’at va rassomlik san’atiga oid yettita seksiyali ilmiy munozaralar bilan to‘ldiriladi.
Yig‘ilganlarga birinchi bo‘lib Sankt-Peterburg xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Svetlana Jurkina murojaat bilan chiqadi.
Mehmonlar O‘zbekiston madaniy merosi mavzusiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishishlari mumkin.