ЧЕХИЯ РЕСПУБЛИКАСИ ТЎПЛАМЛАРИ
ЧЕХИЯ РЕСПУБЛИКАСИ ТЎПЛАМЛАРИ

ЧЕХИЯ РЕСПУБЛИКАСИ ТЎПЛАМЛАРИ

Tavsif

Janubiy Chexiyadagi Chervena Lgota qasrida Nurotaning betakror va nafis kashta tikish uslubini o‘zida aks ettirgan so‘zana - to‘yga atab tikiladigan yopinchiq saqlanadi. Ushbu predmet qasrning sobiq egasi, shahzoda Yogann Shenburg-Gartenshteyn (1864–1937 yillar) va uning rafiqasi Sofiya (1878-1944) tomonidan to‘plangan kolleksiyaning bir qismi bo‘lgan. Sofiya Sharq sanʼatiga oshno bo‘lib qolgan edi va diplomat bo‘lgan erining xizmat safarlarida unga hamroh bo‘lib yurgan kezlari, sharqona to‘qimachilik buyumlarini sotib olib, ulardan o‘z qalʼasida alohida sharqona salonni shakllantiradi. Chexlarning Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqishining eng avalgi sabablaridan biri chex tilida nashr etilgan “Tatarlar qiroli Tamerlanning tarixi” nomli kitobi bo‘lib, uni letoshislik Bartolomey Matser lotin tilidan tarjima qilgan va 1598 yilda Pragada chop ettirgan. Kitobda Amir Temurning tavalludi va yoshligi, hukmronligining boshlanishi, bosib olingan hududlari, turk sultoni Boyazid bilan bo‘lgan jangi haqida hikoya qilinadi. Ushbu jildda chexlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ekanini ko‘rsatuvchi ushbu ashyolar va boshqa osori-atiqalar haqida maʼlumotlar keltirilgan. Milliy muzey fondi – Naprstka nomidagi Osiyo, Afrika va Amerika madaniyatlari muzeyida kelib chiqishiga O‘zbekiston bilan bog‘liq bo‘lgan yodgorliklarning salmoqli kolleksiyasi saqlanadi. Ular orasida to‘qimachilik (anʼanaviy matolar, kiyim-kechak, kashtachilik) mahsulotlari, metall buyumlar (idish-tovoq va zargarlik buyumlari), kulolchilik mahsulotlari va musiqa asboblari bor.