«O‘zbekiston madaniy merosi» loyihasining navbatdagi jildi amaliy san’at muzeyi kolleksiyalariga bag‘ishlandi

Navbatdagi «O‘zbekiston madaniy merosi – jahon to‘plamlarida» loyihasi Toshkentdagi Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi kolleksiyalariga bag‘ishlangan. 

Nashr O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyatining 2021 yil senyabrida bo‘lib o‘tgan V kongressida taqdim etilgan. 

Ushbu nashrning dongdor kolleksiyalari haqidagi hikoyani Toshkentni hozirgacha bezab turgan noyob qadimiy uy, me’morchilikning yuksak durdonasi – taniqli «Polovtsev uyi»dan boshlash kerak. Bu imorat taqdiri unda jonli ishtirok etgan ikki insonning nomi bilan chambarchas bog‘liq. Birinchisi – rus diplomati, sharqshunos va kolleksioner, arxeologlarning Turkiston to‘garagi a’zosi, Toshkentga 1896 yilda Sankt-Peterburgdan kelgan Aleksandr Aleksandrovich Polovеtsevdir. U o‘lka san’atiga butun qalbi bilan mehr qo‘ydi va mahalliy hunarmandlarning nafis mahsulotlari – gilamlar, kashtalar, sopol idishlardan kolleksiya to‘play boshladi. U barcha buyumlarni Peterburgdagi Solyanoy (Tuz) shaharchasi amaliy san’at muzeyiga topshirgan.

Asli toshkentlik, oddiy askarning nevarasi, Turkiston muallimlar seminariyasi bitiruvchisi, poliglot, o‘zbek, tojik, arab, qozoq tillarini yaxshi biluvchi Mixail Stepanovich Andreyevning Polovtsevga kotib bo‘lib ishga kirishi baxtli tasodif edi.
Andreyev, tabiiyki, etnografiya, tarix, arxeologiya va san’atni o‘rganishga qiziqardi. Va Polovtsevning buyrug‘i bilan toshkentlik savdogar N.I. Ivanovning uyi – «boy xonadoni»ni sotib oldi, uni arxitektor A.A. Burmeyster kuzatuvi ostida qayta qurish bilan shug‘ullandi. Uyning ichki bezaklarida milliy me’morchilik bezaklarining eng yaxshi yutuqlarini mujassam etishga qaror qilindi va Andreyev butun O‘zbekistondan eng yaxshi xalq ustalarini taklif etdi. Binoga bezak berishda ularning har biri o‘z izini qoldirdi. Bu bebaho san’at obyektiga aylangan Polovtsev uyi yaratilishining boshlanishi edi.

1904 yilda qadimiy uyni qayta qurish ishlari yakunlandi, 1906 yilda esa A.A. Polovtsev Bombeyga ishga tayinlandi va O‘rta Osiyoga boshqa qaytmadi. 1910 yilga qadar u qoldirgan ajoyib uyda Polovtsevning qarindoshlari yashagan, keyin mulk boshqa shaxslarga sotilgan.

Polovtsev uyining keyingi tarixi kutilmagan o‘zgarishlar va besaranjomliklarga to‘la: 1916 yilda, Birinchi jahon urushidan keyin unga Toshkentga yuborilgan avstriyalik harbiy asirlarni joylashgan. 1918 yilda Sankt-Peterburgdagi Oktabr revolyutsiyasidan keyin uy davlat tomonidan mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga o‘tkazildi va shahar uy-joy fondiga berildi. 1937 yilgacha uning ichiga: qozoq cho‘llaridan olib kelingan, oziq-ovqatni taqsimlash kampaniyasi yoyilib ketganidan oilalari qirilib ketgan yetim bolalar boshpanasi, pedagogik texnikum, Toshkent temir yo‘lchilarini tayyorlash maktabi, ganch va o‘yma naqsh bo‘yicha o‘quv markazi, kashtachilik sexi joylashtirilgan.
1937 yilda O‘zbekiston Хalq xo‘jaligi muzeyining tugatilishi bilan Hunarmandchilik kasblari bo‘limi doimiy mustaqil ko‘rgazmaga aylandi, uning ochilishi Sovet hukumatining 20 yilligiga to‘g‘ri keldi. «Polovtsev uyi»ning markaziy zali va unga tutash qo‘shni xonasi O‘zSSR Xalq komissarlari sovetining maxsus qarori bilan amaliy san’at ko‘rgazmalarini tashkil etish uchun O‘zSSR Sanoat kooperatsiyasi boshqaruvi ixtiyoriga berildi. Shu tarzda 1937 yildan bu uyda Hunarmandchilik muzeyi joylashgan bo‘lib, u 1960 yilda «O‘zbekiston amaliy san’atining doimiy faoliyat yuritadigan ko‘rgazmasi» nomini olgan.

Ekspozitsiyaning barcha boyligi – biroz pastroqdagi, Muzeyning eng ifodali va asosiy eksponati – uning ichki ko‘rinishi – interer dizaynidir.

Ayvon, mehmonxona – qachonlardir tantanali qabullar o‘tkazilgan serhasham zal va chilimxona deb atalgan xonalar bugungi kungacha o‘zining dastlabki go‘zalligini saqlangan. Ularning devorlari va shifti yoppasiga XIX asr O‘zbekiston dekorativ amaliy san’atining yorqin namunalari – ganch o‘ymakorligi, nafis bezak naqshlar va mayolika (sirlangan guldor sopol) qadama naqashlari bilan bezatilgan.

Muzey kolleksiyasiga kelsak, u juda xilma-xil. Fond va ekspozitsiyalarda yetti mingga yaqin eksponat bor, ular III–IV asrlardan bugungi kunimizgacha bo‘lgan davrda yaratilgan bo‘lib, 20 ta alohida kolleksiyadan iborat. Lekin to‘plamning xususiyati shunday: unda XIX–XX asrlar mahsulotlari – yog‘och va ganch o‘ymakorligi hamda naqqoshligining noyob namunalari, misdan zarb qilingan buyumlar va zargarlik bezaklari, zardo‘zlik, mato va liboslar, gul bosilgan gazlama, badiiy kashtachilik, gilamlar, lokli miniatyura, milliy cholg‘u asboblari, chinni va shishadan ishlangan buyumlar ustuvorlik qiladi. Bu buyumlarning barchasi mamlakatimizning XIX-XX asrlardagi amaliy san’ati tarixini o‘zida mujassam etgan.

«Polovtsev uyi»ning eshiklari o‘tmishga sayohat qilishni, an’anaviy o‘zbek xonadonining maftunkor intererini ko‘rishni hamda Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi muzeyining ajoyib ekspozitsiyasi bilan tanishishni istaganlar uchun avvalgidek mehmondo‘stona ochiq.

«O‘zbekiston madaniy merosi» loyihasi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi rahbariyatiga, shuningdek, muzey direktori Ismat Yusupov, ilmiy xodimi Salima Zohidova va bosh muhofizi Sayyora Isroilovalarga ushbu jildni yaratish ishlarida qo‘llab-quvvatlagani va faol hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiradi.

---
«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasining tadqiqot tashabbuslari O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. Loyihani amalga oshirishda «Eriell Group» xalqaro neft kompaniyasi har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

50 ta albomda O’zbekiston madaniy merosi durdonalari tasvirlangan

50 ta albomda O’zbekiston madaniy merosi durdonalari tasvirlangan

Ko‘proq o‘qish...
V Xalqaro kongress ishtirokchilari O’zbekiston Prezidentiga an’anaviy Murojaatnomani qabul qildi

V Xalqaro kongress ishtirokchilari O’zbekiston Prezidentiga an’anaviy Murojaatnomani qabul qildi

Ko‘proq o‘qish...
Конгресс меҳмони Рафаэл Некталов: “Мен бу ерда маданиятга ҳар томонлама ёндашувни кўряпман”

Конгресс меҳмони Рафаэл Некталов: “Мен бу ерда маданиятга ҳар томонлама ёндашувни кўряпман”

Ko‘proq o‘qish...
Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Ko‘proq o‘qish...
Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Ko‘proq o‘qish...
Toshkentda Mirzo Ulug‘bek buyurtmasi asosida yaratilgan noyob qo‘lyozma taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Mirzo Ulug‘bek buyurtmasi asosida yaratilgan noyob qo‘lyozma taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ko‘proq o‘qish...
Тошкентда Мирзо Улуғбекнинг махсус буюртмаси билан яратилган кам ўрганилган қўлёзма тақдимоти бўлиб ўтди

Тошкентда Мирзо Улуғбекнинг махсус буюртмаси билан яратилган кам ўрганилган қўлёзма тақдимоти бўлиб ўтди

Ko‘proq o‘qish...
«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга  мурожаати

«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга мурожаати

Ko‘proq o‘qish...
Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Ko‘proq o‘qish...
Яна бир китоб-альбом Кушонлар салтанати хазинасига бағишланиши режалаштирилган

Яна бир китоб-альбом Кушонлар салтанати хазинасига бағишланиши режалаштирилган

Ko‘proq o‘qish...
Янги китоб-альбом Сарцетакисдаги Ўзбекистон галереясига бағишланиши режалаштирилган

Янги китоб-альбом Сарцетакисдаги Ўзбекистон галереясига бағишланиши режалаштирилган

Ko‘proq o‘qish...
O‘zbekiston san`ati durdonalariga bag‘ishlangan noyob albom chiqariladi

O‘zbekiston san`ati durdonalariga bag‘ishlangan noyob albom chiqariladi

Ko‘proq o‘qish...
Qoraqalpoq xalqining qo'lda yasagan durdonalariga rangli albom bag'ishlandi

Qoraqalpoq xalqining qo'lda yasagan durdonalariga rangli albom bag'ishlandi

Ko‘proq o‘qish...
“O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi hind turkumining uchinchi jildi qanday bo‘ladi?

“O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi hind turkumining uchinchi jildi qanday bo‘ladi?

Ko‘proq o‘qish...

Boshqa yangiliklar