Toshkentda Mirzo Ulug‘bekning maxsus buyurtmasi asosida yaratilgan, kam o‘rganilgan qo‘lyozma taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Astronomik mehnat mahsuli bo‘lgan “Harakatsiz yulduzlar kitobi” o‘zbek zaminining buyuk farzandi Mirzo Ulug‘bek buyrug‘i bilan yaratilgan, inkor etib bo‘lmaydigan dalillarni o‘zida jamlagan noyob qo‘lyozma hisoblanadi. Qo‘lyozmaning haqiqiyligi va tarixiy qimmati shubha tug‘dirmaydi. Unda Mirzo Ulug‘bekning Sefey burji ko‘rinishidagi surati tushirilgan miniatyura, zarhal siyohda bitilgan aylana shaklidagi yozuvlar va “Taxtdagi olim” kutubxonasiga tegishli bo‘lgan boshqa belgilar mavjud. Ular “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” В xalqaro kongressi doirasida eʼlon qilindi.
Ushbu qadimiy qo‘lyozmaning faksimilasi Avstriyaning Муэллер&Шиндлер nashriyoti tomonidan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati bilan hamkorlikda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi doirasida tayyorlandi. Asar muallifi XX asrning mashhur astronomi va astrologi Abdurahmon ibn Umar as-So‘fiydir. “Harakatsiz yulduzlar kitobi” o‘rta asrlar astronomiyasida tom maʼnodagi o‘z davrining yetuk asariga aylandi. Va albatta, o‘zining astronomik jadvallarini yaratish ustida ish olib borayotgan olim Ulug‘bekka katta yordam berdi. Mazkur qo‘lyozma shaxsan Mirzo Ulug‘bekka tegishli bo‘lib, uning qo‘li bilan yozilgan bitiklar mavjud. Ushbu qo‘lyozma Fransiya Milliy kutubxonasi fondida saqlanmoqda.
“Biz Fransiya milliy kutubxonasi bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib kelamiz. “Harakatsiz yulduzlar kitobi”ning faksimili hamkorligimiz natijasi bo‘lgan ikkinchi nashrdir. Bungacha mashhur “Meʼrojnoma” diniy-falsafiy asarining faksimil nusxasini yaratdik. O‘zbekiston Prezidentining, Avstriyadagi Муэллер&Шиндлер ” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ko‘magida butun dunyo olimlarining orzulari ro‘yobga chiqayotganidan judayam xursandmiz, chunki bu mamlakatimizning eng boy madaniy merosini asrab-avaylashda g‘oyat muhim omildir.
Shuningdek, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi va Эриелл Гроуп neft konlari servis kompaniyasiga loyihani amalga oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiraman. Faksimil nashrlarning ahamiyati shundaki, ular asl qo‘lyozma qanday ko‘rinishda bo‘lganligi haqida deyarli to‘liq tasavvur hosil qiladi”, — deb taʼkidladi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Jahon hamjamiyati hamda “Mueller&Shindler ” tomonidan allaqachon eng buyuk qo‘lyozmalarning oltita faksimil nashri yaratilgan. Ular orasida Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti fondlaridan olingan “Katta langar Qurʼoni”, buyuk hukmdor va sarkarda Amir Temur hayoti va faoliyati tavsifi bo‘lgan “Zafarnoma”, “Temur tuzuklari”, Husayn Boyqaro devoni, “Meʼrajnoma” qo‘lyozmalari bor. Barcha faksimillar O‘zbekistondagi muzey va kutubxonalarga beg‘araz ravishda hadya qilingan.














