Kongresslar
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining“O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro Kongressi
Samarqand shahrida 2022 yil 22-24 iyul kunlari “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro Kongressi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi 50 dan 60 jildgacha bo‘lgan 10 ta yangi kitob-albomlarning taqdimoti- Kongressning asosiy voqeasi bo‘ldi.

Kongressda dunyoning 40 ta davlatidan 250 dan ortiq yetakchi sharqshunos olimlar – 33 nafar taniqli xalqaro muzeylar direktorlari, 15 nafar milliy muzeylar direktorlari, 15 nafardan ortiq akademiklar, 20 dan ortiq professorlar, 20 dan ortiq fan doktorlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida: YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi; “Al-Furqon” islom merosi fondi ijrochi direktori Soli Shohsivariy; Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi- Frederik Starr; Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti Muzaffer Shaker; Islom tarixi, san’ati va madaniyati tadqiqot markazi bosh direktori- Mahmud Erol Qilich; Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasi prezidenti Murat Jumatayev; Mueller & Schindler nashriyoti prezidenti Sharlotta Kramer va boshqalar bor.

Kongressning onlayn- formatida Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi; ICCN UNESCO Bosh kotibi Xulio Blasco va YuNESKO Bosh direktorining madaniyat bo‘yicha o‘rinbosari Ernesto Renato Ottone Ramires ham qatnashdilar.
22 iyul kuni Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
22 iyul kuni Butunjahon jamiyati, Edvard Rtveladze haqidagi xotiralar kitobini taqdim etdi.
Kongressning asosiy yo‘nalishlari bo’yicha quyidagi davra suhbatlari bo‘ldi:
• “Xalqlarni birlashtiruvchi meros: Markaziy Osiyo va Ozarbayjon”
• “Butunjahon jamiyati uchun yangi yo‘nalishlar: rejalar va istiqbollar”
• “Milliy muzeylar va kolleksiyalar Butunjahon jamiyati diqqat markazida”.

• “Ommaviy axborot vositalari va O‘zbekiston madaniy merosini saqlash”.
“O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” xalqaro ilmiy konferensiyasi ochilishida, Miho muzeyining (Yaponiya) maxsus xodimi Sergey Laptev akademik E.V. Rtveladze haqidagi kitobini taqdim etdi va olim xotirasini har yili ilmiy o'qishlar bilan sharaflashni taklif qildi.
Ma’ruzachilar o‘tmishning hayratlanarli sirlariga oshufta bo’ldilar, O‘zbekistonning sirlangan afsonaviy kulolchilik buyumlari qanday yaratilgani, Hindistondagi boburiylar yodgorliklaridagi bitiklarda insoniyatga qanday xabarlar qoldirgani, o‘zbek san’atining qanday noyob eksponatlari uzoq Shvetsiyada saqlanadi, kartografik makon qancha Kaspiy dengizini sig'dira oladi, O'zbekistonda butun ilm olami ko’rish orzusida bo’lgan eng nodir Qur'onlar qayerda saqlanadi bir necha asrlar avval O'rta Osiyoda otlar qanday bezatilgan va boshqalar haqidagi savollarga javob berishga harakat qilishdi.
Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi va eksperti Frederik Starr, o‘zining “Tafakkurdagi raqiblar, eramizning 1000-yillari: Beruniy va Ibn Sino qanday qilib o‘zlarining Uyg‘onish davrini yaratganliklari” nomli yangi kitobining sinov versiyasini ilk bor taqdim etdi.
VI kongressda O‘zbekistonning xorijiy kolleksiyalarda saqlanayotgan noyob osori-atiqalari haqida sharqshunos olimlar tomonidan bir qator shov-shuvli fikrlar bildirildi. Masalan, Malayziyadagi Islom san’ati muzeyi bosh kuratori Xeba Nayel dunyodagi yagona so‘g‘d libosi haqida gapirdi. Aynan shu muzeyda bu noyob artefakt saqlanmoqda.
Shuningdek, kongressda ilk bor o‘zbek xonlarining Rossiya imperatorlariga qilgan sovg‘alari fotosuratlari namoyish etildi. Bular- qurollar, ot jabduqlari, zargarlik buyumlari, so'zana - qo'lda tikilgan dekorativ to'qimachilik, turli matolar, shuningdek, kiyim-kechak va aksessuarlar to'plami. To'plamning katta qismi Ermitaj omborlarida saqlanadi.
Juzeppe Tuchchi nomidagi Sharq xalqlari sanʼati milliy muzeyida Buxoro amirining oltin kolleksiyasi topilgani haqidagi xabar ham, kongressning yana bir shov-shuvli hodisasi boʻldi. Noyob kolleksiyadan Kushonlar davriga oid zargarlik buyumlari, jumladan, uzuklar, sirg‘alar, marjonlarni, bilaguzuklar va tilla quymalar o‘rin olgan.
Xo‘ja Yassaviyning, turkiy tilli xalqlar “Turklarning Qur’oni” deb ataydigan eng mashhur asari- “Devon-i hikmat” (“Hikmatlar kitobi”) taqdim etildi. U haqida al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti kafedra professori Bakitgul Quljanova so‘zladi.
Luvrning Islom san’ati departamenti sobiq direktori Frensis Rishar Fransiyadagi muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning qo‘lyozma durdonalari haqida so‘zlab berdi. Sharqshunos olim, Britaniya muzeyi mutaxassisi doktor Emek Usenmezning ma’ruzasi, Buyuk Britaniya muzeyida saqlanayotgan buyuk Alisher Navoiyning umrboqiy qo‘lyozmalariga bag‘ishlandi.
“Al-Furqon” Islom merosi jamg‘armasi ijrochi direktori Soli Shohsivariy “Madaniy meros barqaror rivojlanish va millatlararo muloqot omilidir” mavzusida ma’ruza qildi. Xuda Baxsh kutubxonasi direktori Shayesta Bedar (Hindiston) Hindiston kolleksiyalarida saqlanayotgan O‘zbekiston madaniy merosining noyob namunalari haqida gapirdi.
Shuningdek, Kongress doirasida, O‘zbekiston san’atiga oid ikkita noyob kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bular: “Orol va Amu qirg‘oqlarida. Qoraqalpoqlar san’ati” va “Ornament: estetika, sehr, mazmun” kitoblari.
VI Kongressning yopilish marosimida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati aʼzolarining Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga anʼanaviy Murojaatnomasi qabul qilindi. Kitob mualliflariga esdalik sovg‘alari va “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumining yangi jildlari uchun sertifikatlar topshirildi.
O‘zbek kinosiga bag‘ishlangan davra suhbati doirasida Avitsenna, Marko Polo va Mirzo Ulug‘bek haqidagi filmlarning suratga olish jarayonidan promo va videolavhalar namoyish etildi. Materialni film rejissyori Andrey Vyazigin, Pinakotek Brera va Braydense kutubxonasi direktori Jeyms Bredbern, shuningdek, VIKO telekompaniyasining bosh prodyuseri Viktoriya Petrosyants taqdim etdi. Film Marko Poloning Venetsiyadagi hayoti va uning sayohatlari, jumladan, zamonaviy O‘zbekiston shaharlari haqida hikoya qiladi.
Kongress davomida bir qator xalqaro tashkilotlar (YUNESKO, IRCICA, ICESCO, Al-Furqon fondi) bilan ham hamkorlik memorandumlari imzolandi.

“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi 10 ta yangi kitob-albomlar (51-60 jildlar) taqdimoti Kongressning asosiy voqeasi bo‘ldi. Shunday qilib, dunyoning 25 dan ortiq davlatidan 350 dan ortiq olimlar, dunyoga mashhur 100 kutubxona va muzeylar ishlagan tasvirli kitoblar to‘plami allaqachon 60 jildga yetdi.
“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi 5 mingdan ortiq illyustratsiyali kitob-albomlar dunyoning 40 dan ortiq davlatidagi O‘zbekistonning muzeylari, kutubxonalari, elchixonalari va konsulliklariga bepul berildi, 10 mingdan ortiq jildlar Oʻzbekistonning oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalariga tarqatildi.
Shunday qilib, illyustratsiyalashgan kitoblar to'plami allaqachon 60 jildga yetdi. Barcha jildlar bizning veb-saytimizda PDF formatida taqdim etilgan va siz ular bilan tanishishingiz mumkin.
“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumining 60 jildligidan tashqari, O‘zbekiston epigrafikasiga oid kitob-albomlar turkumi, sovg’a nashrlar va “Kattalargʻon Qurʼoni”, “Husayn Boyqaro devoni” va boshqalar kabi noyob qoʻlyozmalarning faksimil nashrlar turkumi nashr etildi.

Euronews: O'zbekiston albomlar kolleksiyasida madaniy meroslarni birlashtiradi

Samarqand qadimiy shahar. Oʻrta asrlarda Sharq ilmining markazi boʻlgan

Turkiya telekanalida O‘zbekiston madaniy merosi

Sharq – muzey masalasi: Ermitajga o'zbek qurollariga kerakmi

Dunyo olimlari olamshumul kashfiyotlar haqida gapirib berishdi

Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro kongressi "Oʻzbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans davri poydevori” deb nomlangan

Kinorejissyor Timur Bekmambetov “Qirq-qiz” dostoni loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadi

"Izvestiya": Sharq - muzeylar yurti: Ermitajga o'zbek qurollari nima uchun kerak?

Izvestiya: Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga oid yangi nashrlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Alliance Press.Kg: O‘zbekiston xalqning madaniy merosini asrab-avaylash bo‘yicha jahon tamadduni oldidagi tarixiy missiyasini anglaydi

Dialog.Tj: Tojikistonlik olim Tojikiston fondlarida saqlanayotgan o‘zbek qo‘lyozmalarini o‘rganadi

MDH Ijroiya qo‘mitasi: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi" VI Xalqaro kongressi yakunlandi

Svetlana Gorshenina: O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va ommalashtirish loyihasi fan fenomeniga aylandi

Tojikistonlik olim Tojikiston fondlarida saqlanayotgan o‘zbek qo‘lyozmalarini o‘rganadi

Tojikiston Milliy universiteti professori: Kongress dunyoni ostin-ustun qiladigan kashfiyotlar uchun katalizator sifatida tarixga kirad

MIR24: Yangi Uygʻonish: Oʻzbekiston madaniy merosini asrash boʻyicha Kongress

ICESCO: ICESCO Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston madaniy merosi xalqaro kongressida ishtirok etadi

Ulug‘bek buyurtmasi bilan yaratilgan As-So‘fiy haqidagi qo‘lyozma faksimil shaklida Samarqandga qaytarildi

Kongress kashfiyoti: Rimning “Juzeppe Tuchchi” muzeyidan Buxoro amirining oltin kolleksiyasi topildi

Murat Jumatayev: “Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fan, madaniyat va sanʼatni bir hududda rivojlantirishgan. Bu davr Uyg‘onish davri deb atalgan

Portugal.com: O‘zbekiston milliy merosini kitoblarda to‘playdi

Sharlotta Kramer: «Bizning vazifamiz – dunyo bo‘ylab tarqalgan Markaziy Osiyo durdonalarini qayta tiklash»

IRCICA: IRCICA Bosh direktori “O‘zbekiston madaniy merosi” kongressida nutq so‘zladi

Liliya Sattorova: “Butunjahon jamiyati loyihasi madaniyatlarimiz chuqur bog‘liqligi va o’zaro bir-biriga singishini yana bir bor isbotladi”

VI Kongress ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar

Muzaffar Sheker: O‘zbekistonning madaniyat sohasida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovor va mintaqa tinchligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega

Firdavs Abduxoliqov: “Yangi O‘zbekistondagi islohotlar yorqin samara bermoqda”

Irina Popova: O‘zbekiston qadimiy madaniyatni asrab-avaylash tarafdori bo‘lgan insonlar yetakchiligidagi mamlakat

Sali Shahsivari: Madaniy loyihalar O‘zbekiston Prezidenti tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganidan chin dildan xursandman

“O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro Kongressi ish boshladi

“O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” xalqaro ilmiy anjumni

Qoraqalpog‘istonda tarixiy-arxeologiya istirohat bog‘i barpo etiladi

Sara Noshadi: YuNESKO O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rishdan mamnun

Oʻzbekiston hukumati shubhasiz xalqaro madaniy muloqotni yoʻlga qoʻyish uchun ulkan saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda

“Madaniyat, san’at, ta’lim – bular kelajakni quruvchi ko‘priklar”

Frederik Starr: O‘zbekiston barcha tsivilizatsiya markazlari bilan bevosita aloqada bo‘lgan yagona davlatdir

Samarqandda “arxeologiya ritsari” Edvard Rtveladze haqidagi xotiralar kitobi taqdimoti bo‘lib o‘td

Regnum: O‘zbekistondagi Kongressda 250 dan ortiq sharqshunos ishtirok etadi

Dialog.Tj: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” anjumani ochildi

"Kongress ilmiy nashrlar hajmi bilan hayratda qoldirmoqda" – Fransis Rishar

STV: «Ўзбекистон маданий мероси – янги Ренессанс пойдевори» VI халқаро конгресси

O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Dialog.Tj: O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

SEE NEWS: O‘zbekiston: Butunjahon jamiyatining Xalqaro kongressi Samarqandda bo‘lib o‘tadi

Yaqinda Buxoro amirlariga tegishli qimmatbaho buyumlar haqida hikoya qiluvchi kitob-albom nashr etiladi




























