
O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov ushbu ulug‘vor tadbir ishtirokchilari va mehmonlari oldiga qutlov so‘zi bilan murojaat qildi.
“Barchangizga vaqt ajratganingiz, mavzuga, islohotlarga, bugun Oʻzbekistonda mamlakat madaniy merosini asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan muhim tadbirlarga qiziqish bildirganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bugun o‘z samarasini, yorqin natijalarini berayotganini alohida ta’kidlab o'tmoqchiman. Bugungi tadbirni ana shunday natijalardan biri deb bemalol aytish mumkin, ushbu ko‘rib turgan kitoblaringiz, davlat hokimiyati organlari, ijtimoiy mas’uliyatli biznes, xalqaro hamjamiyat, ekspertlarning birlashuvi tufayli yaratilgan mehnatning samarasidir. Sa’y-harakatlarimizni birlashtirib, bu ajoyib asarni birgalikda yaratyapmiz, – deydi F.Abduxoliqov.
Shuningdek, ushbu keng ko‘lamli ish nafaqat xalqaro hamjamiyat, balki respublika aholisi, birinchi navbatda, O‘zbekiston yoshlari uchun ham muhim ekani ta'kidlandi.
Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda boʻlib oʻtayotgan Kongress tashkilotchisi O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati, tadbirning bosh homiysi “Eriell Group” neft konlariga xizmat ko'rsatish kompaniyasi.























































