
Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti Muzaffar Sheker O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI kongressi ishida ishtirok etdi.
“Jahon jamiyatining ushbu Xalqaro kongressiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, insoniyat uchun juda qadrli boʻlgan madaniy meros loyihalari uchun barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Boshqa barcha davlatlarga ham ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik qilish uchun murojaat qilmoqchiman.
Madaniy meros milliy masala emas, u insoniyatga tegishli bo‘lib, kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash zarur bo‘lgan barcha turdagi merosni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratishimiz kerak. Qolaversa, O‘zbekiston tomonidan madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor va mintaqa tinchligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Haqiqiy madaniy meros bilan olib borilayotgan ish haqiqatan ham shiddatli”.
Muzafar Sheker Turkiya barcha turdagi hamkorlikka ochiq ekanini ta’kidlab, Turkiya Fanlar akademiyasi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘rtasidagi mustahkam aloqalarni ta’kidladi.
Yakunida u Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning soʻzlarini keltirib, yoshlar “bizning eng muhim boyligimiz” ekanini taʼkidladi. "Yosh olimlarning kamol topishi, ularning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi barchamizga bir-birimizni yaxshiroq tushunishimizga, merosimiz va ijtimoiy-tarixiy tushunchalarimiz haqida bilim almashishimizga yordam beradi".
Ma’lumot uchun: Kongress ishida 250 dan ortiq dunyoga mashhur sharqshunos olimlar: 5 ta xalqaro tashkilot prezidentlari, 34 davlatdan muzey va kutubxonalar direktorlari, Fanlar akademiyalari prezidentlari, professorlar, san’atshunoslar, tahlilchilar, xalqaro va milliy ommaviy axborot vakillari ishtirok etmoqda. Jahon jamiyati “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi asosida tashkil etilgan va 2018 yilda Parijda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Loyihaning bosh












































