Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi uyg‘onish davri asosi” ВИ Xalqaro kongressining ochilish marosimi doirasida Mirzo Ulug‘bek buyurtmasiga binoan yaratilgan astronom As-So‘fiy haqidagi “O‘zgarmas yulduzlar kitobi” qo‘lyozmasining faksimile nusxasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Nashrni O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash ва ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov ва Avstriyaning “Mueller&Schindler” nashriyoti prezidenti Sharlotta Kramer taqdim etdi.
Firdavs Abduxoliqov:
– Mirzo Ulug‘bek buyurtmasi билан yozilgan astronom As-So‘fiyga bag‘ishlangan qo‘lyozma hozirda Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanmoqda. Qo‘lyozmaning faksimile nashrini yaratish uchun “Mueller&Schindler” nashriyotiga uch yil kerak bo‘ldi.
Eng bebaho jihati hujjatdagi Mirzo Ulug‘bekning Sefey yulduz turkumi fonida tasvirlangan miniatyurasi hisoblanadi. Zarhal yozuvlar билан yozilgan bitiklar ва boshqa belgilar hujjatning Mirzo Ulug‘bek kutubxonasiga tegishli ekanligini tasdiqlaydi. Olimlarning fikricha, “O‘zgarmas yulduzlar kitobi”dan olim astronomik jadvallarni yozishda foydalangan.
Sharlotta Kramer:
– Mirzo Ulug‘bek qo‘lyozmasini uning rasadxonasi joylashgan Samarqandga qaytarishga muvaffaq bo‘lganimizdan juda faxrlanamiz. Bunga uch yil vaqt sarfladik, lekin amalga oshirilgan ishlardan juda mamnunmiz, chunki butun dunyo bo‘ylab tarqalgan Markaziy Osiyo durdonalarini qayta tiklash bizning vazifamizdir.