Глава ЮНЕСКО: сохранение наследия - наша общая задача

O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining yana ikkita elementi YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi

02.12.2022

 

Reprezentativ ro‘yxatga kiritilgan O‘zbekiston elementlarining umumiy soni 11 taga yetdi.

 

O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining yana ikkita elementi YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.

Marokash davlatining Rabot shahrida bo‘lib o‘tayotgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mitaning 17-sessiyasi O‘zbekiston uchun muhim madaniy voqea bo‘ldi.

O‘zbekiston tomoni ishtirokida ikkita ko‘pmillatli element Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

 

O‘zbekiston tomonidan Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya bilan birgalikda “Ipakchilik va to‘quv uchun an’anaviy ipak ishlab chiqarish” nomli birinchi fayl taqdim etildi.

Ikkinchi nominatsiya “Xo‘ja Nasriddin haqidagi latifalarni takrorlash an’analari” deb nomlangan bo‘lib, O‘zbekiston tomoni Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya bilan hamkorlikda tayyorlagan.

“Qo‘mitaning baholash komissiyasi nomzodlik hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etayotgan davlatlarning birgalikdagi faoliyatini yuqori baholadi va ularning Vakillik ro‘yxatiga kiritish uchun barcha mezonlarga muvofiqligini qayd etdi”, deyiladi xabarda.

Tadbir davomida nominatsiyalar taqdimotida madaniyatlarni boyitish, mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro hurmat va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashdagi unsurlarning tarixiy o‘rni va ahamiyatini atroflicha ochib beruvchi videofilmlar namoyish etildi.

 

Tadbir ishtirokchilari ipak yetishtirishning an’anaviy texnologiyalari, keyingi yillarda O‘zbekistonda ipakchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlarga alohida e’tibor qaratishdi.

Shuningdek, ularda Xo‘ja Nasriddinning Buxoro shahrida qad rostlagan noyob haykali katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Ma’lumot uchun, Reprezentativ ro‘yxatga kiritilgan O‘zbekiston elementlarining umumiy soni 11 taga yetdi. Ilgari bu ro‘yxatga “Baxshi”, “Lazgi”, “Palov”, “Askiya”, “Miniatura”, “Navro‘z”, “Shoshmaqom” va boshqalar kiritilgan edi.

Atlas va adras tayyorlashning an’anaviy texnologiyalarini saqlash bo‘yicha Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi Nomoddiy madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash bo‘yicha yetakchilar reyestridan joy olgan.

 

O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining yana ikkita elementi YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi (sputniknews.ru)

MDH Ijroiya qo‘mitasi: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi" VI  Xalqaro kongressi yakunlandi

MDH Ijroiya qo‘mitasi: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi" VI Xalqaro kongressi yakunlandi

Ko‘proq o‘qish...
Sara Noshadi: YuNESKO O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rishdan mamnun

Sara Noshadi: YuNESKO O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rishdan mamnun

Ko‘proq o‘qish...
O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Ko‘proq o‘qish...
Dialog.Tj: O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Dialog.Tj: O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Ko‘proq o‘qish...
Mueller&Schindler: O'zbekiston: Ipak yo'li bo'ylab

Mueller&Schindler: O'zbekiston: Ipak yo'li bo'ylab

Ko‘proq o‘qish...
Euronews: Harakatsiz yulduzlar kitobida san'at va ilm-fanning uyg'unligi mujassam

Euronews: Harakatsiz yulduzlar kitobida san'at va ilm-fanning uyg'unligi mujassam

Ko‘proq o‘qish...
Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Ko‘proq o‘qish...
Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Ko‘proq o‘qish...
Culture.ru: O‘zbekistonda madaniy merosni saqlashga bag‘ishlangan kongress bo‘lib o‘tmoqda

Culture.ru: O‘zbekistonda madaniy merosni saqlashga bag‘ishlangan kongress bo‘lib o‘tmoqda

Ko‘proq o‘qish...
«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга  мурожаати

«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга мурожаати

Ko‘proq o‘qish...
Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Ko‘proq o‘qish...
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

Ko‘proq o‘qish...
SDG'sForAll: O‘zbekiston madaniy merosni qanday asrashni namoyish qilmoqda

SDG'sForAll: O‘zbekiston madaniy merosni qanday asrashni namoyish qilmoqda

Ko‘proq o‘qish...
Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Ko‘proq o‘qish...

Boshqa yangiliklar