Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

2017-yilning 15—16-may kunlari Toshkent va Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzuida ikki kunlik xalqaro ilmiy-madaniy kongress o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Foto: UZ24

Tadbirda sharqshunoslik, arxeologiya, tarix, sharq qo‘lyozmalari, numizmatika, to‘qimachilik, kulolchilik sohalariga ixtisoslashgan 120 dan ortiq xorijiy va 100 dan ortiq mahalliy olim va ekspert ishtirok etadi. Ular orasida Rossiya, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Misr, Koreya, Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, AQSh, Xitoy, Turkiya, Gretsiya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan mashhur olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari, ilmiy jurnallar muharrirlari, taniqli kolleksionerlar, shuningdek, YuNESKO va ICOMOS (Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni saqlash bo‘yicha xalqaro kengash) vakillari, ko‘p sonli asarlar va kitoblar muallifi bo‘lgan olimlar bor.

 

Kongressda O‘zbekiston hududida va dunyoning turli mamlakatlari muzeylarida saqlanayotgan moddiy va badiiy madaniyatning nodir obyektlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanishi kutilmoqda.

Reklamani yopish

 

Tadbirda “O‘zbekistonning madaniy merosi” turkumi sifatida uch tilda nashr etilgan kitob-albomlarning dastlabki besh jildi — “Sharq davlat muzeyi to‘plami” (Moskva), “Rossiya etnografiya muzeyi to‘plami” (Sankt-Peterburg), “Tretyakov davlat galereyasi to‘plami” (Moskva), “O‘zbekiston gilamlari va kashtalari dunyo to‘plamlarida” (Rossiya, AQSh, Kanada, Avstraliya), shuningdek, “Alisher Navoiy asarlari Rossiya milliy kutubxonasi to‘plamlarida” (Sankt-Peterburg) kitoblari namoyish etiladi.

 

Bundan tashqari, nashr etishga tayyorlanayotgan olti jild — “O‘zbekistonning musiqiy merosi”, “Davlat Ermitaji to‘plami”, “Davlat tarix muzeyi to‘plami”, “Sharq qo‘lyozmalari instituti to‘plami”, “O‘zbekiston gilamdo‘zligi: asrlar osha saqlangan an’analar” va “Germaniya muzeylari to‘plamlari” taqdimoti ham o‘tkaziladi. Har bir jildni tayyorlash rahbarlari O‘zbekistonning taniqli olimlari, san’atshunoslari, musiqashunos va sharqshunoslari hisoblanadi.

 

Kongress doirasida chet ellik professorlar, tarix, san’atshunoslik fanlari doktorlari, san’at sohasidagi yetakchi ekspertlar tomonidan O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan qisqa ma’ruzalar tayyorlanadi. Shuningdek, tashkilotchilar va tadbir ishtirokchilaridan kongressga maxsus qutlovlar olinishi kutilmoqda, ular uch tilda nashr etish rejalashtirilayotgan tadbirning maxsus jurnaliga kiritiladi.

 

Kongressning qo‘shimcha tadbirlari dasturi bilan “Uz24.uz” sahifasida tanishishingiz mumkin.

Sara Noshadi: YuNESKO O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rishdan mamnun

Sara Noshadi: YuNESKO O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rishdan mamnun

Read more...
O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Read more...
Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Read more...
Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Read more...
«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга  мурожаати

«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга мурожаати

Read more...
Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Read more...
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

Read more...
Toshkentda o‘tmishning buyuk merosiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tayapti

Toshkentda o‘tmishning buyuk merosiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tayapti

Read more...
Rtveladze: O‘zbekistonning madaniy merosi haqida butun dunyo bilishi kerak

Rtveladze: O‘zbekistonning madaniy merosi haqida butun dunyo bilishi kerak

Read more...
Rossiya Fanlar akademiyasi qadimiy qoʻlyozmalarning nusxalarini Oʻzbekistonga topshiradi

Rossiya Fanlar akademiyasi qadimiy qoʻlyozmalarning nusxalarini Oʻzbekistonga topshiradi

Read more...
Toshkentda “Tamaddunlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – maʼrifatli kelajak asosi” forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Tamaddunlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – maʼrifatli kelajak asosi” forumi bo‘lib o‘tadi

Read more...
“O‘zbekiston madaniy merosi” jahon olimlarini Toshkent va Samarqandda birlashtirdi

“O‘zbekiston madaniy merosi” jahon olimlarini Toshkent va Samarqandda birlashtirdi

Read more...
Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

Read more...
UzDaily: Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish maqsadida Butunjahon ilmiy jamiyati tashkil etildi

UzDaily: Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish maqsadida Butunjahon ilmiy jamiyati tashkil etildi

Read more...
Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Read more...
Poytaxtda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Poytaxtda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Read more...
153 – “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Xalqaro kongressi rezolyutsiyasi.

153 – “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” Xalqaro kongressi rezolyutsiyasi.

Read more...

Other news