«Узбекистану важно расширять сотрудничество с ЮНЕСКО» —заместитель премьер-министра Азиз Абдухакимов

O‘zbekiston ilk bor YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi

7.07.2022

 

O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlab, 105 mamlakat ovoz berdi.

 

 O‘zbekiston YUNESKO Bosh qarorgohida (Parijda) bo‘lib o‘tayotgan «Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi konvensiyaga a’zo bo‘lgan davlatlar Bosh assambleyasining 9-sessiyasida Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaga a’zolikka saylandi. Turizm va madaniy meros agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022−2026 yillarda qo‘mitada a’zo sifatida faoliyat yuritadi. YUNESKOning ikkinchi mintaqaviy saylov guruhida (Sharqiy Yevropa va MDHning ayrim davlatlari) ikkita bo‘sh o‘rin uchun beshta nomzod — O‘zbekiston, Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Slovakiya hamda Estoniya o‘zaro kurash olib bordi.

 

O‘zbekiston uchun eng ko‘p davlat ovoz bergan — 105. Boshqa raqobatchi davlatlar quyidagicha ovoz olgan: Slovakiya (94 — ikkinchi bo‘sh o‘ringa saylangan), Estoniya (69), Bolgariya (26), Bosniya va Gersegovina (9).

 

O‘zbekiston tomoni o‘z nutqida ovoz bergan davlatlarga o‘z minnatdorligini bildirdi va 2003 yilgi Konvensiyani mamlakat, mintaqaviy va global miqyosda ilgari surishda katta hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi. «Bu biz uchun ham faxr, ham mas’uliyat. O‘zbekiston, albatta, o‘ziga bildirilgan yuksanch ishonchni oqlaydi», — dedi turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov. Mamlakatning boy nomoddiy madaniy merosini asrab-avaylash va ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «Konstitutsiyani isloh qilish doirasida ilgari surilgan, qisman madaniy merosni muhofaza qilish va targ‘ib etish chora-tadbirlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga oid takliflar delegatlar e’tiboriga havola etildi», — deyiladi xabarda.

 

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri — Konvensiya maqsadlarini ilgari surish, ilg‘or tajribalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat. Qo‘mita ishtirokchi-davlatlar tomonidan nomoddiy merosni ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi so‘rovlarni, shuningdek, dasturlar va loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.

 

Qo‘mita xalqaro yordam ko‘rsatishga ham mas’uldir. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita Konvensiyani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘radi, asosan, operativ ko‘rsatmalar to‘plamini va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish rejasini ishlab chiqish Konvensiyaning 25-moddasida belgilangan. U ushbu hujjatlarni Bosh assambleyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

 

Hozirgi kunga qadar YUNESKO konvensiyasini 180 ta davlat qo‘llab-quvvatlaydi, O‘zbekiston unga 2008-yilda a’zo bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda YUNESKO insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston tomonidan 10 ta milliy va ko‘p millatli elementlar, shu jumladan shoshmaqom, palov pishirish an’analari, Navro‘z bayrami, Xorazm lazgisi va baxshi san’ati kiritilgan.

 

O‘zbekiston ilk bor YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz

 

MDH Ijroiya qo‘mitasi: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi" VI  Xalqaro kongressi yakunlandi

MDH Ijroiya qo‘mitasi: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi" VI Xalqaro kongressi yakunlandi

Ko‘proq o‘qish...
Sara Noshadi: YuNESKO O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rishdan mamnun

Sara Noshadi: YuNESKO O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rishdan mamnun

Ko‘proq o‘qish...
O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Ko‘proq o‘qish...
Dialog.Tj: O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Dialog.Tj: O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Ko‘proq o‘qish...
Mueller&Schindler: O'zbekiston: Ipak yo'li bo'ylab

Mueller&Schindler: O'zbekiston: Ipak yo'li bo'ylab

Ko‘proq o‘qish...
Euronews: Harakatsiz yulduzlar kitobida san'at va ilm-fanning uyg'unligi mujassam

Euronews: Harakatsiz yulduzlar kitobida san'at va ilm-fanning uyg'unligi mujassam

Ko‘proq o‘qish...
Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Ko‘proq o‘qish...
Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Ko‘proq o‘qish...
Culture.ru: O‘zbekistonda madaniy merosni saqlashga bag‘ishlangan kongress bo‘lib o‘tmoqda

Culture.ru: O‘zbekistonda madaniy merosni saqlashga bag‘ishlangan kongress bo‘lib o‘tmoqda

Ko‘proq o‘qish...
«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга  мурожаати

«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга мурожаати

Ko‘proq o‘qish...
Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Ko‘proq o‘qish...
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

Ko‘proq o‘qish...
SDG'sForAll: O‘zbekiston madaniy merosni qanday asrashni namoyish qilmoqda

SDG'sForAll: O‘zbekiston madaniy merosni qanday asrashni namoyish qilmoqda

Ko‘proq o‘qish...
Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Ko‘proq o‘qish...

Boshqa yangiliklar