O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasiga Bosh kotib tayinlandi

O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasiga Bosh kotib tayinlandi

02.12.2020

 

O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasiga Bosh kotib tayinlandi

 

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan joriy yilning 30 noyabridan Gayane Umerova O‘zbekiston Respublikasining UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi etib tayinlandi.

 

Ma’lumot uchun, UNESCO Milliy komissiyasining raisi – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov. O‘zbekistonning UNESCO huzuridagi doimiy vakili – Umid Shadiyev, UNESCO`ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari esa janob Yan Xladik hisoblanadi.

 

2008 yildan 2017 yilga qadar Gayane Umerova - O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasining Ko‘rgazmalar va jamg‘armalar bo‘limida yetakchi mutaxassis, 2017-2020 yillarda esa -  Madaniyat vazirligi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasining moliya boshqaruvi bo‘limi boshlig‘i, ijrochi direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2020 yildan O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Gayane Umerova 2008 yilda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (bakalavr), 2012 yilda esa Sotheby’s San’at instituti va Manchester universiteti (magistratura)ni tugallagan. Sotheby’s Auksion uyida, Victoria&Albert muzeyi (Buyuk Britaniya)da hamda Jorj Pompidu markazi (Fransiya)da malaka oshirgan. O‘zbek, ingliz va rus tillarini biladi.

 

Gayane Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat topshirig‘i bilan san’at sohasidagi yirik xalqaro loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi. 2022 yilda Luvr muzeyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini tashkil qilish, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi rekonstruksiyasi, O‘zbekistonning zamonaviy Restravratsiya markazini yaratish, 2022 yilda o‘tkaziladigan SHHT sammiti munosabati bilan Samarqandda Buyuk Ipak yo‘li muzeyining ochilishi, 2022 yilda Berlinda O‘zbekiston ko‘rgazmasining ochilishi, Samarqand xalqaro xayriya yarimmarafonining o‘tkazilishi shular jumlasidandir.

 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 noyabrdagi “UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 957-sonli qarori bilan UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining Nizomi, tuzilmasi va tarkibi tasdiqlangan.

 

Milliy komissiya faoliyatining asosiy vazifasi O‘zbekistonning UNESCO va ICESCO faoliyatidagi xalqaro nufuzi va o‘rnini mustahkamlash, vazirlik va idoralarning madaniyat, ta’lim, ilm-fan, kommunikatsiyalar va axborot ishlab chiqarishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi.

 

O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasiga Bosh kotib tayinlandi (sputniknews.ru)

 

MDH Ijroiya qo‘mitasi: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi" VI  Xalqaro kongressi yakunlandi

MDH Ijroiya qo‘mitasi: Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi" VI Xalqaro kongressi yakunlandi

Ko‘proq o‘qish...
Sara Noshadi: YuNESKO O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rishdan mamnun

Sara Noshadi: YuNESKO O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini ko‘rishdan mamnun

Ko‘proq o‘qish...
O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Ko‘proq o‘qish...
Dialog.Tj: O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Dialog.Tj: O‘zbekistonda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish davri asosi” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi

Ko‘proq o‘qish...
Mueller&Schindler: O'zbekiston: Ipak yo'li bo'ylab

Mueller&Schindler: O'zbekiston: Ipak yo'li bo'ylab

Ko‘proq o‘qish...
Euronews: Harakatsiz yulduzlar kitobida san'at va ilm-fanning uyg'unligi mujassam

Euronews: Harakatsiz yulduzlar kitobida san'at va ilm-fanning uyg'unligi mujassam

Ko‘proq o‘qish...
Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Бутунжаҳон жамиятининг юбилей конгресси натижаларни сарҳисоб қилди

Ko‘proq o‘qish...
Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Тошкентдаги Бутунжаҳон жамияти Конгресси: ёрқин бошланиш ва самарали иш

Ko‘proq o‘qish...
Culture.ru: O‘zbekistonda madaniy merosni saqlashga bag‘ishlangan kongress bo‘lib o‘tmoqda

Culture.ru: O‘zbekistonda madaniy merosni saqlashga bag‘ishlangan kongress bo‘lib o‘tmoqda

Ko‘proq o‘qish...
«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга  мурожаати

«Узбекистон маданий мероси – янги ренессанс асоси» V халқаро конгресси иштирокчиларининг Узбекистон Республикаси Президенти Ш. М. Мирзиёевга мурожаати

Ko‘proq o‘qish...
Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Янги Маданий мерос ҳафталигининг тадбирлари эълон қилинди

Ko‘proq o‘qish...
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

Ko‘proq o‘qish...
SDG'sForAll: O‘zbekiston madaniy merosni qanday asrashni namoyish qilmoqda

SDG'sForAll: O‘zbekiston madaniy merosni qanday asrashni namoyish qilmoqda

Ko‘proq o‘qish...
Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi

Ko‘proq o‘qish...

Boshqa yangiliklar