Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tuzildi

Ikki kun davomida, 15–16-may kunlari Toshkent va Samarqand dunyoning 40 davlatidan 370 nafar ishtirokchi uchun yirik muloqot maydoniga aylandi, unda olimlar arxeologiya, numizmatika, tarix, amaliy sanʼat va boshqa sohalardagi soʻnggi yutuqlar va kashfiyotlar bilan oʻrtoqlashdi.

 

“O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” xalqaro kongressi o‘z ishini yakunladi.

 

Kongress Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va targʻib qilish boʻyicha Jahon ilmiy jamiyatini tuzish zarurligi toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qildi.

 

Forum davomida ishtirokchilar madaniy merosni asrab-avaylash va ommalashtirish muhimligini qayta-qayta ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga zamonaviy hayotning eng muhim jihatlaridan biri – tarixiy o‘tmish va uning tarixiy merosiga ko‘rsatayotgan e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun alohida minnatdorlik bildirdilar.

 

Kongress ishi yakuni boʻyicha Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrab-avaylash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon ilmiy jamiyatini tuzish zarurligi toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qilindi va YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bo‘yicha YuNESKO Klaster byurosi direktori v.b Krista Pikkat tomonidan qadimiy Samarqanddagi Registon maydonida o'qib eshittirildi.

 

“O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzusidagi xalqaro kongress ishtirokchilar qalbida O‘zbekistonda bo‘lishdan unutilmas taassurot qoldirgan Registon maydonidagi 3D-mapping va musiqali chiroqlar shousi bilan  yakunlandi.