“MEʼROJNOMA” («Meʼroj kitobi»)
“MEʼROJNOMA” («Meʼroj kitobi»)

“MEʼROJNOMA” («Meʼroj kitobi»)

Tavsif

Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li, hukmdor va olim, astronom Mirzo Ulug‘bekning otasi Shohrux Mirzoning shaxsiy buyrug‘i bilan 1436 yilda Hirotda yaratilgan “Meʼrojnoma” qo‘lyozmasi Temuriylar davri kitob sanʼatining eng qimmatli va nodir namunalaridan biri hisoblanadi. Malakali xattotlar va miniatyurachilar tomonidan yaratilgan asar hozirda Parij milliy kutubxonasida (inv. № Turc 190/1513 II) saqlanmoqda va to‘plamdagi eng nodir qo‘lyozmalardan biri hisoblanadi.

 

 “Meʼrojnoma” diniy-falsafiy asar bo‘lib, Muhammad (s.a.v.) ning yetti qat falakka qilgan mistik sayohatlari haqida hikoya qiladi. Uning arab va fors tillaridagi versiyalari o‘rta asrlarda keng tarqalgan. Temuriylar davrida turkiy tilga tarjima qilingan. Parij muzeyi fondida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma turkiy (chag‘atoy) “Meʼrojnoma”ning eng qadimgi nusxasi hisoblanadi. Kitob arab alifbosida qayta yozilgan bo‘lib, syujetga oid oltmishta ajoyib miniatyuralarni o‘z ichiga oladi. Payg‘ambarimiz hayotida yuz bergan hayratlanarli sayohati chog‘ida sodir bo‘lgan turli manzaralar tasvirlari ijroning ulug‘vorligi bilan hayratga soladi. Qo‘lyozma nafaqat temuriylar davri durdonasi, balki sharq qo‘lyozmalari va o‘rta asr miniatyura sanʼati asarlari orasida tengi yo‘qdir.

 

Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Meʼrojnoma” asari qo‘lyozmasining faksimile nusxasini yaratish loyihasi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Loyihaning g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi Firdavs Abduxoliqov. Faksimile nusxasi Yevropaning yetakchi nashriyot uyi Mueller&Schindler tomonidan nashr etildi. Loyiha Eriell Group neft-servis kompaniyasi homiyligida amalga oshirildi.