“Zafarnoma” («G‘alabalar kitobi»)
Tavsif
Tarixchi va shoir Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” (“G‘alabalar kitobi”) asari buyuk hukmdor va sarkarda Amir Temur hayoti va faoliyatining eng to‘liq tavsifi hisoblanadi. Yazdiy Amir Temurni omadli, urushlarni g‘olib sifatida yakunlaydigan, oddiy xalqqa rahmdil, sotqin va dushmanlarga murosasiz sarkarda sifatida taʼriflaydi. Asar yozib bo‘linganidan so‘ng deyarli darhol Temuriylar davriga bag‘ishlangan eng mashhur asarlardan biriga aylandi va uni bezash uchun o‘sha davrning eng mohir rassomlari jalb qilindi. Bizning davrgacha Sharafiddin Ali Yazdiy qalamiga mansub “Zafarnoma” asarining bir nechta qo‘lyozmasi yetib kelgan. “O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasi Britaniya kutubxonasi (I.O. Islamis 137) to‘plamida saqlanayotgan 1533 yilga oid qo‘lyozmani bezab turgan 31 ta noyob miniatyuralarining faksimillarini nashr etgan. Miniatyuralar turkumida jangovar manzaralar, ziyofatlar (qurultoylar), to‘ylar, majlislar, ov sahnalarini uchratish mumkin. Yana 7 ta miniatyura boshqa turli tadbirlarga bag‘ishlangan. Miniatyuralar Amir Temurning davlat va harbiy arbob, insoniyat tarixida beqiyos o‘rin tutgan shaxs sifatidagi buyukligining yorqin dalilidir. Miniatyuralar nastaliq yozuvida yaratilgan matnlar bilan uyg‘un ko‘rinish kasb etgan.
Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan aniqligi bilan ajralib turuvchi miniatyuralarni yaratish loyihasi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Loyihaning g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi Firdavs Abduxoliqov. Faksimile nusxasi Yevropaning yetakchi nashriyot uyi Mueller&Schindler tomonidan nashr etildi. Loyiha Eriell Group neft konlariga xizmat ko‘rsatish kompaniyasi homiyligida amalga oshirildi.