«RAVZAT US-SAFO» (SAFO BOG‘I)
«RAVZAT US-SAFO» (SAFO BOG‘I)

«RAVZAT US-SAFO» (SAFO BOG‘I)

Tavsif

“Ravzat us-safo fi siyrat al-anbiyo va-l-muluk va xulafo” (“Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holi haqida sof jannat bog‘i”)

 

 “Ravzat us-safo fi siyrat al-anbiyo va-l-muluk va xulafo” (“Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holi haqida sof jannat bog‘i”) – Temuriylar davrining ko‘zga ko‘ringan tarixchilaridan biri – va Mir Muhammad ibn Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Mahmud al-Balhiy – Mirhondning fundamental asaridir. Mirhond (1433-1498) mashhur sulolaning yorqin namoyandalaridan biri Sulton Husayn Boyqaro (1469-1506) davrida temuriylar poytaxtlaridan biri Hirotda yashab ijod qilgan. Mirxond saroy tarixchisi sifatida o‘sha davrning yana bir ko‘zga ko‘ringan shaxsi bo‘lmish, nafaqat davlat arbobi, shoir va metsenat, balki Husayn Boyqaroning do‘sti bo‘lgan Alisher Navoiyning doimiy homiyligidan bahramand bo‘lgan. Aynan Navoiy tashabbusi bilan Mirhond jahon tarixi – “dunyo yaratilishi”dan tortib 1522-1523 yillar voqealarigacha bo‘lgan yilnomalarni yozishga kirishgan. Asar so‘zboshi (muqaddima), 7 qism  va geografik xulosadan (xotima) iborat bo‘lib, baʼzan mustaqil qism sifatida nashr etiladi.

 

“Ravzat us-Safo” asari eʼtirof etilgan nufuzli tarixiy manba hisoblanadi. Uning faksimile nusxasi O‘rta Osiyo va xususan, Temuriylar davri tarixini o‘rganuvchi tadqiqotchilarning yangi avlodlari uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

 

Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qo‘lyozmaning faksimile nusxasini yaratish loyihasi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirildi. Loyihaning g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi Firdavs Abduxoliqov. O‘zbekiston vakillaridan tashkil topgan ijodiy guruh Sankt-Peterburg bir necha bor tashrif buyurdi va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti direktori Irina Popovaning roziligi va ko‘magiga erishdi. Faksimile nusxasi Yevropaning yetakchi nashriyot uyi Mueller&Schindler tomonidan nashr etildi.

 

Loyiha Eriell Group neft konlariga xizmat ko‘rsatish kompaniyasi homiyligida amalga oshirildi. Faksimile qo‘lyozmaning O‘zbekistonga rasmiy topshirilishi 2018 yilda o‘tkazilgan “O‘zbekiston madaniy merosi –insoniyat iftixori” xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.