“Suvar al-kavakib as-sabita” (“Qo‘zg‘almas yulduzlar tasviri”)
“Suvar al-kavakib as-sabita” (“Qo‘zg‘almas yulduzlar tasviri”)

“Suvar al-kavakib as-sabita” (“Qo‘zg‘almas yulduzlar tasviri”)

Tavsif

Fransiya Milliy kutubxonasida noyob manuskript – Ulug`bek shahsiy kutubxonasi uchun, 1430-1440 yillarda, Samarqandda uning mashxur rasadxonasi qurilish davrida qilingan  Al-Sufi muallifining “Suvar al-Kavakib al-Tabita” (“Sobit yulduzlar kitobi”) qo`lyozmasi ro`yhati saqlanadi. U taxminan 1435 yilda ko`chirilgan, shunday qilib ilk bizgacha yetib kelgan astronomik kitoblardan biri hisoblanadi.

Ulug`bek tarixga nafaqat buyuk hukmdor sifatida balki yetuk olim, shoir, xattot, rassomlar va yozuvchilar homiysi sifatida ham kirgan. Qayd etilgan qo`lyozma, uning fanga ajratgan katta e`tiborining tasdig`idir. Qo`lyozmaning birinchi betida uning qo`li bilan yozilgan taxtdagi mashhur olimning xattotlik kitob plitasi saqlangan.

Kitobni bezab turgan 74ta miniatyura mayda detallarga boy chizmaning nafisligi bilan hayratga soladi. Har bir chizma – u yoki bu yulduzning turkumining tasviri. Ulardan birida – Efiopiya mifologik podshohi sharafiga nomlangan  yulduz turkumi Kefey obrazida Ulug‘bekning o‘zi tasvirlangan. Bunday texnika, hukmronlik qilayotgan podshohni yuz hususiyatlarini o`tmishdagi hukmdorga berish, qadimgi qo`lyozma kitoblar uchun oddiy hol bo`lgan. 

Bu noyob qo`lyozmaning faksimil nashrini yaratish, o`rta asrlar ilmiy tafakkuri yutuqlarini ommalashtirishga yo`naltirilgan muhim qadam bo`ldi.

Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanadigan, “Kitob suvar al-Kavakib” faksimil qo`lyozmasi bo`yicha yaratilgan loyiha, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirilgan. Loyihaning g`oya manbai Firdavs Abduhalikov. Faksimil nusha uch yil davomida evropaning yetakchi nashriyot uyi Mueller&Schindlerda yaratilgan. Eriell Group neft servis  kompaniyasi homiylik qildi.