Gilam mahsulotiga oid bozor ehtiyojlarini asosan turkmanlar taʼminlashgan, qolgan qabila birlashmalari gilamni uy sharoitida ishlatish uchun to‘qishgan. Biz asosiy eʼtiborni qoraqalpoq mahsuloti – o‘tovlar jihozi bo‘lgan gilam mahsulotlariga qaratamiz. Yesik-kas gilamchalari chodir eshigining yuqori qismini ichkaridan bezagan bo‘lsa, mato jiyaklar – oq baskur, oq qur, qizil baskur, qizil qur, jambau, dizba va boshqalar bilan chodir tomonlarini o‘rab chiqishgan. Bu bilan ham ichkaridan, ham tashqaridan bezash taʼminlangan. Kichik o‘lchamdagi to‘shama sholchalar va xo‘jalik xaltalari karshinlar (kiyim xaltasi o‘zbeklarning napramach muqobili) ham chorvadorning xonasiga ko‘rk bergan. Qoraqalpoqlarning yungli gilamlarida turkmanlarniki kabi diagonal rangli xususiyatga ega medalyon-gyol ustuvorlik qilgan. Biroq turkmanlarnikidan farqli o‘laroq gellar rasmi bo‘yicha soddaroq, ularning qabilaviy tafovutlari yo‘qolgan.
Umuman olganda, qoraqalpoq bezagi aniq ifodasi bilan farqlanadi: oddiy va pog‘onali romblar, kvadratlar, sakkiz burchaklar, uchburchaklar, hayvon ifodali (shoxli va tirnoqli) S belgilar, dasht sanʼati, shu jumladan o‘tmishdagi ko‘chmanchilar gilamlari uchun xususiyatli ko‘p chiziqlar, yaʼni eng arxaik elementlar aks etgan hayot daraxti turidagi o‘simlik motivlarini chodir jiyaklari – baskurlarda uchratish mumkin. Gulli sifatlar qizil, jigar rang va qora (asosiy) ranglar qarama-qarshiligi ohanglariga asoslangan. Gilamdo‘z ayollar ranglar va ularning soyalari nisbatini o‘zgartirib, badiiy yechimlar xilmaxilligiga erishganlar. Qoraqalpoq mahsulotlarining eng original guruhi yungli va silliq matoni birlashtirish orqali bajarilgan.
Mazkur usulni qo‘llash orqali erishilgan o‘ziga xos badiiy samara mahsulotni O‘rta Osiyoning barcha materiallaridan ajratib ko‘rsatadi. Paxta ipli asosda yaratilgan oq ko‘rinish qizil jigarrang ohanglarda bajarilgan yungli bezak bilan birlashib ketadi. XX asrda mintaqada gilam ishlab chiqarish asta-sekin so‘na boshladi.
Mavzu doirasida batafsil: “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston gilamdo‘zligi: asrlarga tengdosh an’ana” kitob-albomida (XIV jild) tanishishingiz mumkin. Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.



