ЎЗБЕКИСТОН ГИЛАМДЎЗЛИГИ: АСРЛАРГА ТЕНГДОШ АНЪАНА
Tavsif
Dunyodagi birinchi gilamni kim to‘qigan? Avvaldan gilam to‘qish uchun qanday materiallar va usullar mavjud bo‘lgan? Gilam bezaklarida yashiringan timsollarni qanday o‘qish mumkin? Kitob-albomda O‘zbekistondagi gilamchilikning tarixi – to‘qish uchun ishlatiladigan iplarning paydo bo‘lishidan tortib, zamonaviy ishlab chiqarishning shakllanishigacha bo‘lgan jarayonlar haqidabatafsil maʼlumot berilgan. O‘zbekistonda qaysi xalqlar gilam to‘qish bilan shug‘ullanganligi (ushbu bo‘limlarda qoraqalpoqlar, Qashqadaryo arablari, Amudaryoning o‘rta oqimidagi turkmanlar,yaʼni Buxoro amirligi tarkibiga kirgan hudud aholisi tayyorlagan mahsulotlarning illyustratsiyalari berilgan), shuningdek haqiqiy o‘zbek gilamlari jumladan, uzun tukli julxirslar, paxmoq gilamlar, sakkiz xildagi silliq to‘qilgan gilamlar. Namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan joynamoz to‘qish anʼanalariga alohida eʼtibor qaratilgan bo‘lib, ular orasidato‘liq bir yil davomida yigirma nafar to‘quvchi tomonidan Buxorodagi Boloi Hovuz masjidi uchun to‘qilgan gilam eng mashhuri sanaladi. Milliy va xorijiy kolleksiyalarda saqlanayotgan O‘zbekistondan keltirilgan gilamdo‘zlik mahsulotlarining eng qiziqarli namunalarini o‘z ichiga olgan ushbu kitob-albomning katalog qismini tayyorlash jarayonida mualliflar sinchkovlik bilan ish olib borishdi.