Bu muzeyni ko‘rish orzusidagilar esa undan ham ko‘p. I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi mana necha yildirki O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlaridagi o‘ziga xos asosiy manzilga aylangan. Bugungi kunda bu muzeyni «Sahrodagi Luvr», «Osiyo marvaridi», «Zamonaviy sanʼat Makkasi» deb atashadi. Bu tom maʼnoda muzey tarixi, xorijning boshqa mashhur muzeylari ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan betakror to‘plamiga munosib bahodir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining qarori bilan 1966 yilning fevralida tashkil topgan. Uning birinchi direktori moskvalik rassom Igor Vitalyevich Saviskiy bo‘lgan, u Moskvani tashlab, Nukus shahriga ko‘chib kelgan va o‘zining hayoti va ijodi taqdirini butun umrga Qoraqalpog‘iston bilan bog‘lagan edi. Mazkur o‘lkaning madaniyati bilan tanishgan ilk kunlardanoq I.V. Saviskiy Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlardagi arxeologiya topilmalariga, qoraqalpoq xalqi va shu yerda yashab o‘tgan boshqa tarixiy xalqlarning amaliy-bezak sanʼatiga qattiq mehr qo‘ygan, keyinchalik Turkiston va rus avangardi dunyosini o‘zi uchun kashf etgan. Qoraqalpog‘iston rahbariyati va ziyolilarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida I.V. Saviskiy qisqa muddat ichida muzeyning betakror to‘plamini shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi haqida
Bugungi kunda I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi O‘zbekistondagina emas, balki butun dunyoda mashhur. Ko‘plab taniqli xorijlik sanʼatshunos mutaxassis va sayyohlar aynan shu muzeyni ko‘rish uchun keladilar.