Shu boisdan Yaponiyada Markaziy Osiyoga bo‘lgan diqqat-e’tiborni ko‘proq Buyuk ipak yo‘liga bo‘lgan qiziqish bilan bog‘lashadi.
Shuningdek, Yaponiya buddizmning sarchashmasi sifatida nafaqat Hindiston (buddizm paydo bo‘lgan joy) bilan bog‘langan, balki Markaziy Osiyo ham bu borada muhim ahamiyat kasb etgan. Chunki O‘rta asrlarda xitoylik monaxlar mazkur mintaqaga budda sutralari izidan borishgan.
Shuning uchun ham aynan mazkur tamaddun madaniy mexanizmi Yaponiyaning Yevroosiyo makonidagi turli xalqlar bilan o‘zaro aloqalarida muhim rol o‘ynagan va yaponlar o‘zlaridan g‘arbda joylashgan davlatlar, Koreya, Xitoydan boshlab Yunoniston va Rim tamadduni bilan tugaydigan hududlarga xuddi shu yo‘l orqali nazar tashlaganlar.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
Yaponiyaliklar Markaziy Osiyoga nega qiziqishini bilasizmi?
Yaponlar Markaziy Osiyo tarixidan bevosita Buyuk ipak yo‘li orqali boxabar bo‘lgan bo‘lsalar, O‘zbekiston esa mazkur savdo-madaniy tarmog‘i orqali tarixan bog‘langan mamlakat sifatida o‘zini namoyon etadi.
