МАРКАЗИЙ ОСИЁ МАДАНИЙ МЕРОСИ ЯПОНИЯ МУЗЕЙЛАРИДА
Tavsif
O‘zbekiston va Yaponiyani bir-biridan minglab kilometr masofa ajratib turadi, ammo shuni aytish kerakki, madaniy aloqalar jihatidan qarasak bu mamlakatlarni jahon tarixidagi eng buyuk hodisa – Buyuk Ipak yo‘lining ko‘rinmas rishtalari bog‘lab turadi. Kelib chiqishi O‘zbekiston hududi bilan bog‘liq bo‘lgan yoki shu zaminning tub aholisi tomonidan yaratilgan ko‘plab artefaktlar Yaponiyaga migratsiya yoki savdo-sotiq aloqalari natijasida kelib qolgan. “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya muzeylarida ” kitob-albomida Yaponiyaning yettita muzeyining kolleksiyasida saqlanayotgan Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston madaniyatiga oid sanʼat predmetlari taqdim etilgan. Bular Syosoin Imperatorlik xazinasi, Mixo muzeyi, Yokogama shahridagi Yevroosiyo madaniyatlari muzeyi, Ryukoku muzeyi, Tenri universiteti qoshidagi Tenri Sankokan muzeyi, Okayama shahridagi Yaqin Sharq sanʼati muzeyi va Xirosima prefekturasidagi sanʼat muzeylaridir. Ushbu jildda o‘zida Yaponiyaning bir nechta muzeylarida saqlanayotgan O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan eksponatlarni to‘plash va birinchi marta ularni bir kitobda jamlash ikmoniyati paydo bo‘ldi. Miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri – II ming yillik boshlariga oid va Baqtriya-Marg‘iyona arxeologik majmuasi bilan bog‘liq bo‘lgan eng qadimgi predmetlar Mixo muzeyi kolleksiyasida saqlanadi. Muzeyning fondlarida so‘g‘dlarning ajoyib tobuti saqlangan bo‘lib, uning bezaklari ilk o‘rta asrlardagi hayotning o‘ziga xos xususiyatlari haqida hikoya qiladi. Xirosima prefekt