Kashta nusxasi surat solishda katta tajribaga ega bo‘lgan chevar (chizmakash, qalamkash)lar tomonidan bajarilgan. Bugungi kunda nusxalar sharikli ruchkada chiziladi yoki oldindan tayyorlab qo‘yilgan trafaret qog‘ozlar yordamida tushiriladi. Bunda trafaretdagi o‘yiq naqshlar matoga ko‘mir kukunini sepish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng oiladagi ayollar matoni o‘rtalariga yoyib olganlaricha undagi rasmlar asosida kashta tikishga kirishganlar. Kashtado‘zlikda asosan yo‘g‘on, oson aylanadigan ipak iplardan foydalanilgan. Ayrim joylarida jun ip ham ishlatilishi mumkin bo‘lgan.
Iplar oldindan tabiiy ranglar bilan bo‘yab qo‘yiladi. Bitta kompozisiyada 10 xil rangdagi yoki undan ham ko‘p ip ishlatilishi mumkin bo‘lgan. Bo‘yash ishlari bilan ayollar uyda ro‘yan, delfinium gullari, anor mevasi po‘chog‘i hamda chetdan keltiriladigan koshenil (qizil bo‘yoq beradigan hasharot) va boshqalardan foydalangan holda mustaqil shug‘ullanganlar. Shuning bilan birga shaharlarda bo‘yash bilan shug‘ullanuvchi ustaxonalar bo‘lib, bu yerda iplarni nil bo‘yog‘iga bo‘yatish mumkin bo‘lgan. Eng yirik bo‘yoqchilik markazi Buxoro shahri bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sekin-asta tabiiylarini siqib chiqargan kimyoviy (anilin) bo‘yoqlar keng tarqalgan.
Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Yaponiya muzeylaridagi Markaziy Osiy madaniy merosi” (XX tom) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
So‘zana tayyorlash bosqichlari nimalardan iboratligini bilasizmi?
So‘zana tayyorlash bir qancha bosqichdan iborat. Avvaliga xonaki usulda tikilgan paxta yoki ipak matoga bo‘lajak kashtaning xomaki nusxasi tushirilgan.