U bizga jahon meʼmorchiligining oltin fondiga kiritilgan ajoyib meʼmorchilik yodgorliklarini meros qoldirgan. Bizgacha saqlanib qolgan yodgorliklardan biri Jarqo‘rg‘on minorasi (1109-1110) Jarqo‘rg‘on viloyatining Minor qishlog‘ida joylashgan. Bu mamlakatimizda saqlanib qolgan eng qadimiy meʼmoriy yodgorliklardan biridir. Ilgari minora yonida pishiq g‘ishtdan qurilgan jome masjidi bo‘lgan, ammo u bizgacha yetib kelmagan.
Jarqo‘rg‘on minorasi – 8 qirrali poydevor ustiga g‘ishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirg‘adan iborat. 20 metr balandlikda g‘ishtin panjarali ravoqlar ishlanib,uning ustida kufiy yozuvli belbog‘ hoshiya bor. Belbog‘ ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. Jarqo‘rg‘on minorasi taʼmirlanib, davlat tomonidan muhofaza ostiga olingan.
Minoraning yuqori qismiga nima yozilgan?
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan [boshlayman]. Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni barkamol o‘qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo‘rqqan kishilar obod qilurlar.
Surxondaryo hududi arxeologik yodgorliklaridagi bitiklar haqida batafsil maʼlumotni “O‘zbekiston meʼmoriy epigrafiyasi” turkumidagi “Surxondaryo” (31-bet) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
_h71zeiA_6.webp)

