Xorazmdagi shayboniylar hokimlari bu vaziyatdan foydalanib qolishdi va mustaqil Xorazm xonligini eʼlon qilishdi. Uning hududida uzoq vaqt davomida eski tangalar muomalada qoldi.
Xivada o‘z tangalarini zarb qilish 1612 yilda Arab Muhammadxon tomonidan, 1645–1663 yillarda Abulg‘ozixon, 1675 yilda Anush Muhammadxon, 1801 yilda Eltuzarxonlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan.
Xiva xonligining Ko‘hna saroyida joylashgan davlat zarbxonasiga 1810 yilda Muhammad Rahimxon tomonidan asos solingan. Bu yerda tillo, abbosiy, oq tanga, qora tanga, shohi, yarim shohi va qora pul sifatida tanilgan oltin, kumush va mis tangalar zarb qilingan.
Gazeta, radio va televideniye mavjud bo‘lmagan davrlarda tangalar asosiy targ‘ibot-tashviqot vositasi hisoblangan. Shu bois, hukmdorlar o‘z nomidan tanga zarb etishga katta ahamiyat qaratganlar. Tangalar maxsus ustalar tomonidan tayyorlanadigan muhr yordamida tamg‘alangan. Bu ustalarga muhrkan – o‘ymakor degan faxriy nom ham berilgan, hukmdorlar uchun muhrlarni ham ular yasashgan.
Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, 47- jild, “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami» kitob-albomi o‘qishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
Xiva zarbxonasi
1505 yilda Xorazm Shayboniyxon tomonidan bosib olinadi. 1510 yilda Shayboniyxon safaviylar davlati asoschisi – shoh Ismoil Safaviy qo‘shiniga qarshi jangda halok bo‘ladi.