АЛИШЕР НАВОИЙ НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ КУТУБХОНАСИНИНГ ҚЎЛЁЗМА ВА КИТОБ МЕРОСИ
Tavsif
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘zining 150 yillik faoliyati davomida ulkan ilmiy merosni bitta joyga jamlagan. Ularning eng qiziqarli qismi ushbu nashrda taqdim qilinmoqda. Ularning orasida o‘ta noyob qo‘lyozma va bosma kitoblar, jumladan, Yevropada o‘rta asrlarda chop etilgan kitoblarning namunalari, Qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan albomlar va davriy nashrlar, shuningdek nodir va alohida qimmatli nashrlar ham bor. Misol uchun, X–XI asrlarda yashab o‘tgan qomusiy olim, islomshunos Abulhasan Mavardiyning “al-Ahkam as-Sultaniya val-Vilayatid-diniya” (“Sultonlikning ahkomlari va diniy boshqaruv”) nomli qo‘lyozma asarida ideal hukmdor qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi savollarga javoblarni topishimiz mumkin. XIX asr va XX asr boshlaridagi eng nodir hujjatlardan bili sanalgan “Turkiston to‘plami” orqali esa kitobxonlar noyob bibliografik, tarixiy, badiiy, ilmiy, adabiy manbalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yerdagi 1871–1872 yillarda nashr etilgan “Turkiston albomi” ham alohida eʼtiborga molik. Albomda Markaziy Osiyoning tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, iqtisodiyoti va madaniyatiga bag‘ishlangan eng dastlabki fotosuratlar jamlangan. Jildining mualliflari ingliz, fransuz va nemis tillaridagi manbalarga ham alohida eʼtibor qaratishgan. Nihoyat Milliy kutubxonada Qurʼonning nemis sharqshunosi Maks Benning tomonidan 1901 yilda tarjima qilingan nemis tilidagi noyob nusxasi ham saqlanadi.