«ИЧАН-ҚАЛЪА» ДАВЛАТ МУЗЕЙ-ҚЎРИҚХОНАСИ тўплами
Tavsif
“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami” haqidagi kitob-albom YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ochiq osmon ostidagi mashhur muzeylardan biriga bag‘ishlangan bo‘lib, bu muzey Xiva xonlari barpo etgan Xiva qalʼasining ichida joylashgan. 1920 yilda o‘z faoliyatini boshlagandan buyon muzeyning fondi doimiy ravishda boyitilib kelgan va unda hozirgi kunda Xorazmning qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixini aks ettiruvchi 60 mingdan ortiq eksponatlar saqlanadi. Muzey-qo‘riqxonaning strukturaviy tarkibiga 15 ta doimiy ko‘rgazmalar kiritilgan bo‘lib, shunga ko‘ra jildning mundarijasi tartiblangan. Natijada bo‘limlarda arxeologik kolleksiya, numizmatika va bonistika kolleksiyalari, qo‘lyozmalar va hujjatlar, fotokolleksiya, amaliy-bezak sanʼatiga oid buyumlar, XX asrda ishlangan tasviriy sanʼat namunalari taqdim etilgan. Illyustrativ qism Markaziy Osiyoning o‘ziga xos madaniy-tarixiy mintaqalaridan biri bo‘lgan Xorazm vohasi badiiy merosining o‘ziga xos xususiyatlarini baholash imkonini beradi. Misol uchun, Xorazmning yog‘och o‘ymakorligi, kandakorligi va kulolchilik mahsulotlari butunlay ajralib turadi va ularni darhol tanib olish mumkin. Faqat Xorazmning mis ko‘zalarida tutqich bo‘lmagan, badia deb ataladigan sopol idishlari esa chuqurroq, yon devorlari o‘ziga xos ishlangan va juda qadimiy ko‘k-oq rangdagi bo‘yoqlar bilan bezatilgan. Arxiv fotosuratlari, jumladan, birinchi o‘zbek fotografi va operatori, mashhur Xudoybergan Devonov tomonidan olingan suratlar hukmron elitaning ham, oddiy xivalik insonlarning ham qiyofalarini aks ettirgan.