
Ushbu qo‘lyozma “Supplément persan 1416” raqami bilan saqlanyapti. U 886/1481 yilda xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan Hirotda ko‘chirilgan. Dastlabki sahifalardagi bezaklar hirotlik mashhur zarhalchi (muzahhib) Yoriyg uslubiga o‘xshash.
Kitob Hirotdan Buxoroga keltirilib, unga u yerda musavvir Shayxzoda (2 a sah.) imzosi qo‘yilgan miniatyura bilan bezatilgan juft frontispis qo‘shilgan (1 b – 2 a sah.). Biroq mazkur frontispis qattiq shikastlangan, shuning uchun uning kelib chiqishi va miniatyurasi ishlangan sanasi haqida biror narsa deyish mushkul. Qo‘shilgan ikkinchi juft qavatli frontispisda (81 b – 82 a sah.) Mahmud Muzahhibning daf (doira) shaklidagi imzosi bor. Abolala Sudavar kabi ba'zi olimlarning fikricha, mazkur imzo keyinroq qo‘shilgan, biroq qo‘lyozmaning holati yomonligi va ko‘pgina tuzatishlar yakuniy xulosa chiqarishni qiyinlashtiradi.
Nima bo‘lganda ham, qo‘lyozma o‘lja tariqasida Hirotdan Buxoroga olib borilib, u yerda suratlar bilan boyitilgan, so‘ngra Boburiylar saroy kutubxonasiga borib qolgan. Chamasi, u Mir Tohir tomonidan shohga tortiq qilingan. Shohjahon kitobning 3 a sahifasiga mazkur qo‘lyozmani 1037/1628 yil 14 fevralda o‘z kutubxonasi uchun 1500 rupiyaga sotib olganligini qayd etgan. Kitobning boshi va oxiriga boburiylar davrida ko‘plab boshqa muhrlar va yozuvlar qayd etilgan bo‘lib, ulardan faqat Shihobiddin Shohjahoning muhrini o‘qish mumkin.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.