Chingizxon va Movarounnahrdagi o‘zbek davlatchiligi asoschisi Shayboniyxonga (1451 yilda tug‘ilgan, 1500—1510 yillar hukmronlik qilgan) qadar bo‘lgan vorislariga bag‘ishlangan bu asar taxminan 1505 yilda noma’lum muallif tomonidan buyurtma asosida tuzilgan. Asarning Britaniya muzeyi qo‘lyozmasi 1550—1560 yillar deb davrlashtirilgan.
Miniatyuralarning rangli nusxalari Rossiya milliy kutubxonasi Stasov arxivining qo‘lyozmalar bo‘limidan o‘rin olgan bo‘lib, ulardan biri kitob-albomda chop etilgan. Aytish mumkinki, u ildizlari XIII—XIV asr mo‘g‘ullar davri san’atiga oid Movarounnahr miniatyurasining «tarixiy» yo‘nalishini aniqlab, keyinroq boshqa tadqiqotchilar tomonidan aniq o‘z isbotini topgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «XV–XVII asrlar Movarounnahr kitobat san'ati» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
