XV–XVII АСРЛАР МОВАРОУННАҲР КИТОБАТ САНЪАТИ

Tavsif

O‘zbekiston tarixidagi qo‘lyozma kitoblar tayyorlanadigan eng yirik markazlar Buxoro, Samarqand va Shohruxiya shaharlari bo‘lib, ularda xattotllar va miniatyurachi rassomlar, qog‘oz va teridan muqova tayyorlovchi ustalar sokingina saroy ustaxonalarida ilhom bilan ish olib borishgan. Ushbu markazlarda to‘liq yoki qisman yaratilgan shunday noyob qo‘lyozmalarning to‘qqiztasi XV–XVII asrlarda Movarounnahr kitobat sanʼati (Rossiya Milliy kutubxonasi to‘plamidan, Sankt-Peterburg, Rossiya) kitob-albomida taqdim etilgan. Chag‘atoy, arab va fors tillarida yozilgan bunday kitoblar Movarounnahr-Transoksaniya kitobat sanʼatining eng yaxshi anʼanalariga ko‘ra bezatilgan. Kitoblarni bezab turgan miniatyuralar avval ham tadqiqotchilar eʼtiborini tortgan, biroq shu paytgacha umuman to‘liq nashr etilmagan, ularning syujetlari har doim ham yetarlicha batafsil ochib berilmagan edi. Xattotlik yozuvlari va ziynatli bezaklariga kelsak, ularning kamdan-kam holatlarda chop etilganini ko‘rish mumkin va muqovalarning tavsifi esa butunlay eʼtibordan chetda qolgan. Kitob-albom ana shu bo‘shliqni to‘ldirish uchun yaratilgan.