Ular orasidan Buxoro viloyatidagi Varaxsha yodgorligidan topilgan, ganchga o‘yib ishlangan naqshlar va haykalsimon tasvirlarning mahobatli namunalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Jumaloqtepa qalʼasida saqlanib qolgan taxtaga o‘yib ishlangan naqshlar yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha usta naqqoshlarning yuksak mahoratidan dalolatdir. IX–XVI asrlarda bu hunar turi bir paytlar Xivadagi turar joylar ayvonlarini bezagan naqshinkor va hashamdor ustunlarning betakror namunalarida o‘z aksini qoldirgan.
IX–XV asrlarga oid kulolchilik, mis o‘ymakorligi mahsulotlari, shisha ishlab chiqarish namunalari orasida Toshkent va Samarqandning sirlangan sopol idishlari; o‘yma va zarb usulida naqsh tushirilgan mis idishlar; Toshkent shisha buyumlari alohida ko‘zga tashlanadi. Fondda saqlanayotgan zardushtiylik madaniyati dafn marosimlari bilan bog‘liq ostadon-ossuariylar ham juda noyob sanaladi. Bundan tashqari, fondda miloddan avvalgi I–XVI asrlarga oid, moddiy madaniyatga oid yozma manbalar (ular orasida oromiy, xorazmiy, sug‘d, kxaroshtxi, braxma, yunon, baqtriya, turk va arab yozuvlari) namunalari bor.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (birinchi qism) kitob-albomida (XXVI jild,) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.





