ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ДАВЛАТ МУЗЕЙИ ТЎПЛАМИ (1-ҚИСМ)

Tavsif

Ushbu jild O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Toshkentdagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi kolleksiyasiga bag‘ishlangan katalogning birinchi qismidir. Jild numizmatika va arxeologik yodgorliklarga bag‘ishlangan. Albomda xronologik tartibda taqdim etilgan artefaktlar kolleksiyasi ilk paleolit ​​davridan (miloddan avvalgi 1,5 million yil) XVI asrgacha bo‘lgan davrlarni, jumladan XVI asrni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Eksponatlar orasida mehnat qurollari, bronza va temirdan quyma usulidan foydalanib tayyorlangan buyumlar, shisha va yog‘ochdan yasalgan buyumlar, Afrosiyob, Ko‘ktepa, Xolchayon, Dalvarzintepa va Termiz manzilgohlaridan topilgan kulolchilik buyumlari, Fayoztepa va Qoratepadagi buddaviylik ibodatxonalaridan topilgan tosh, loy va ganchdan ishlangan haykallar, devoriy rasmlarning namunalari mavjud. Tilsimlarga boy durdona asarlar orasida Katta Farg‘ona kanalini qazish chog‘ida topilgan bir-biriga chirmashgan ikkita ilon shaklida ishlangan tumor ham bor. Shunga o‘xshash tumorlar Yaqin Sharq madaniyatlarida ham uchraydi. Ushbu tumorning O‘zbekiston hududiga qanday va qachon kelib qolgani hozircha nomaʼlum.