U qoraqalpoq professional haykataroshi Omon Otaboyev maktabida saboq olgan. Toshkent teatr va rassomchilik institutida o‘qish yillarida impressionistlar va postimpressionistlar rasmlari bilan qiziqib qolgan. Uning rassom sifatida shakllanishida muzey kolleksiyasi va I.V. Saviskiy bilan sermahsul muloqotlar, rassomlar bilan ishlash va chet el safarlari katta rol o‘ynagan.
J. Izentayevning eng sevimli yo‘nalishlari natyurmort va portret hisoblanadi. Rassom bo‘yoq va rassomchilik texnikasi
ga o‘ziga xos yondashadi, impressionistlarning taʼsiri sezilib turadi. U o‘zining «Qumg‘onli natyurmort», “Natyurmort” (1985), “Gladioluslar” natyurmorti, «Juvozli natyurmort» kabi asarlarida xalq maishiy buyumlariga murojaat qiladi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
_3_1.webp)
_1.webp)