Zero, bu davrgacha Qoraqalpog‘istonda tasviriy sanʼat (rassomlik, grafika, haykaltaroshlik) bo‘lmagan, qo‘li gul tug‘ma iqtidor sohiblari esa ko‘proq xalq amaliy sanʼati buyumlarini ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Qidirbay Saipov (1939–1972), Kauyender Berdimuratov (1926–1997), Joldasbek Kuttimuratovlar (1934–2016) maxsus rassomlik taʼlimini olgan ilk qoraqalpoq musavvirlari bo‘ldilar. Ular Toshkent shahridagi rassomlik bilim yurtida tahsil olishgan.
I.V. Saviskiy va muzey xodimlarining astoydil, rejali ravishda olib borgan ishlari natijasi bo‘lgan zamonaviy qoraqalpoq tasviriy sanʼati asarlari kolleksiyasi o‘zining rang-barangligi va mukammalligi bilan ajralib turadi. Qoraqalpog‘istonning zamonaviy tasviriy sanʼati kolleksiyasi ko‘p jihatdan hududga, aniqrog‘i uning shakllanishi va rivojlanishiga yo‘naltirilgan. Unda XX asr qoraqalpoq tasviriy sanʼatining eng mashhur vakillari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib (K. Saipov, I. V. Saviskiy, J. Kuttimuratov, D. Tureniyazov, J. Izen tayev, A. Shpade, A. Utegenov, B. Serekeyev, J. Lepesov va boshqalar), ular asosan rassomlarning birinchi va ikkinchi avlodi hisoblanishadi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
_4_1.webp)
_5_1.webp)