Bugun I.V. Saviskiy qoldirgan tarixiy-madaniy merosni o‘rganish jarayonida uning badiiy madaniyatni, madaniy meros ahamiyatini tushunishda o‘z davri uchun yetarlicha ilg‘or yangicha yondashuvga ega bo‘lgan ekanligini ishonch bilan aytish mumkin. Uning uchun arxeologiya, amaliy bezak sanʼati – XX asr tasviriy sanʼatini tashkil qiluvchi muhim bo‘g‘inlardir. U ularni yaxlit tarzda o‘ziga xos butun bir daraxt deb bilgan, bu daraxtning ildizlari olis tarixiy o‘tmishga tomir otgan, butoqlari esa zamonaviy rassomlarning ijodiy izlanishlari. ko‘rinishida qad rostlagan deb hisoblagan.
Ayni shu narsa I.V. Saviskiyning Qoraqalpog‘iston zamonaviy tasviriy sanʼatini shakllantirishga maqsadli va tizimli yo‘naltirilgan qiziqishini belgilagan bo‘lsa, ajab emas. Artefaktlarda gavdalangan madaniyat tarixi I.V. Saviskiy uchun o‘z-o‘zidan qadrli bo‘lib qolgani yo‘q. Bu tarix qoraqalpoq xalqining ijodiy salohiyatini saqlash va rivojlantirishda o‘z o‘rnini egallashi lozim bo‘lgan. I.V. Saviskiy tushunchasidagi ushbu muzey odamlar «qoraqalpoq zaminida turli davrlarda gullab yashnagan sanʼat bilan tanishish barobarida, Yevropa tasviriy sanʼat anʼanalari haqida ham yaqindan tasavvur uyg‘ota oladigan joy bo‘lishi lozim edi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
_3_1.webp)
_1.webp)