Uzunqir shahar xarobasi qayerda?

Qashqadaryo viloyatining tarixiy-madaniy merosi turli davrlarda rang-barangligi bilan ajralib turadi.

Tarixiy va arxeologik topilmalar vohaning yuksak moddiy hamda badiiy madaniyatidan guvohlik beradi. Masalan, Janubiy Sug‘dning markazlaridan biri hozirda arxeologik yodgorlik – Kitob tumani hududidagi Uzunqir shahar xarobasi (miloddan avvalgi VII–IV asrlar) qalin mudofaa devorlari bilan o‘ralgan va ichki qalʼaga ham ega bo‘lgan. Miloddan avvalgi 329 yilda shahar devorlari ostonasida ilgari bosib olingan Ikki daryo oralig‘i, Kichik Osiyo va Erondan bostirib kelgan makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari paydo bo‘ldi. Uzunqir Sug‘d viloyati Navtaka markazi edi.

Janubiy Yunon-rim manbalarida Nikshapa, Nikshapayya yoki Ksenippa shaklida tilga olingan Sug‘dning yana bir markazi (endilikda zamonaviy Qarshi atrofida joylashgan “Yerqo‘rg‘on” shahar xarobalari) Qashqadaryo etagida joylashgandi. Afsuski, o‘sha davrlarning meʼmorchilik epigrafikasi namunalari saqlanib qolmagan. Binobarin, ular shubhasiz Samarqand (Afrosiyob)ning mashhur devoriy suratlar – freskalarida topilgan sug‘diy kitoba bitiklar-ning namunalariga o‘xshash bo‘lgan. Biroq bir omilga shubha yo‘qki, bu davrda yozuv, yaʼni epigrafikaning u yoki bu shakllari mavjud bo‘lgan. Bu haqida arxeologlar tomonidan topilgan qadimiy buyumlar (misol uchun sopol idishlar) guvohlik beradi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida (10-sahifa) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.