Shoh Xormuzd va Sulton Husayn Boyqaroning “quloqsiz” shahzodalarini “birlashtirgan” miniatyura

Shoh Xormuzd va Sulton Husayn Boyqaroning “quloqsiz” shahzodalarini “birlashtirgan” miniatyura

Ushbu miniatyura Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostoni syujetiga asosan ishlangan bo‘lib, unda Xusravning otasi Shoh Xormuzd o‘g‘lini ichkilikbozlikka berilgani uchun jazolashga qaror qiladi, ammo oqsoqollarning tavsiyasi bilan o‘z aybidan pushaymon bo‘lgan yigitni kechiradi.

Shoh Xormuzd va Sulton Husayn Boyqaroning “quloqsiz” shahzodalarini “birlashtirgan” miniatyura

Britaniya kutubxonasida “Xusravning pushaymoni” nomi bilan saqlanayotgan mazkur miniatyurada yosh shahzodaning ayanchli qiyofasi, shoh savlat to‘kib o‘tirgan baland supa oldida, boshyalang, tiz cho‘kib o‘tirgan holda tasvirlangan.

Oqsoqollarning uning yonini olayotgani ifodali mimika va imo-ishoralar orqali ochib berilgan. Xormuzdning qiyofasiga Sulton Husaynning ikonografik obaraziga o‘xshash belgilar, jigarrang libos kiygan qora soqolli personajga esa Sulton Husaynning vaziri va shoiri Alisher Navoiyning qiyofasidagi xususiyatlar berilgan.

Ushbu miniatyurada bilvosita o‘sha davrdagi siyosiy voqealar – 1496 yilda Husaynning to‘ng‘ich o‘g‘li Badiuzzamonning otasiga qarshi isyon ko‘tarishi voqeasi aks ettirilganligi bilan qiziq. Otasi tomonidan Balxga hokim etib tayinlangan, ammo sulton avval unga tegishli bo‘lgan mulk – Jurjonni boshqa o‘g‘liga bermoqchi bo‘lganida otasiga qarshi isyon ko‘targan Badiuzzamon mag‘lubiyatga uchraydi, ammo keyinchalik kechiriladi va Balxni o‘zida olib qolishga muvaffaq bo‘ladi. Alisher Navoiy ularni yarashtirish uchun ko‘p jon kuydirgan. Shunday qilib Behzod nazmiy asar syujetiga illyustratsiya yaratib, unga o‘sha zamonga xos bo‘lgan siyosiy tus bera olgan. Shu bilan birga, bu ustaning o‘z homiysining saxiyligini portret-rasm orqali ochib berishga qaratilgan uslublaridan biridir.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Kamoliddin Behzod merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomida (L-jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.