КАМОЛИДДИН БЕҲЗОД МЕРОСИ ЖАҲОН ТЎПЛАМЛАРИДА
Tavsif
U dunyoga mashhur mo‘yqalam ustasi "Sharq Rafaeli" degan nom olgan. O‘rta asrlar miniatyurachilari orasida Kamoliddin Behzod (taxminan 1455–1535/36 yillar) kabi o‘z nomi bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan boshqa rassomlar haqida maʼlumotlar yo‘q. Vasiliy Kandinskiy u haqida "Men bu rasmlar inson qo‘li bilan yaratilganiga ishonmayman!" deb yozgan edi. Behzod ijod qilgan janrlar ham xilma-xildir. Ular orasida portretlar, manzaralar, jangovar janrlardagi suratlar, so‘fiylik mavzusiga, mehnat va tasavvufiy ishq mavzulariga bag‘ishlangan syujetli asarlar bor. Ularning barchasi ushbu kitob-albomda taqdim qilingan. Hozirda uning asarlari dunyoning turli mamlakatlari, jumladan, Eron, Buyuk Britaniya, Shveysariya, AQSH, Rossiya, Turkiya, Misr muzeylari va kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarni bezab turibdi. Mazkur jildda Behzodning dunyoning ko‘plab mamlakatlarida saqlanayotgan o‘nlab miniatyuralarini ilk bor bir kitobga jamlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Shuningdek uning shogirdlarining asarlari ham taqdim etilgan. Vizual qatorda rassomning har bir miniatyurasiga qo‘shimcha batafsil sharhlar berib borilgan.