Avangardning O‘rta Osiyodagi yorqin ijodkorlari kimlar edi?

Avangardning O‘rta Osiyodagi yorqin ijodkorlari kimlar edi?

Anʼanaviy sanʼatga xos bo‘lgan va avangard xususiyatiga ega asarlarda o‘z talqinini topgan badiiy tilning shartliligi, obrazlar ramziyligi aniq va ixchamligi, bezakdorligi ular kesishgan nuqta bo‘lgan.

Tadqiqotchilar qayd etganlaridek: «A. Volkovning uslubiy yangiliklari bu yo‘nalish asoschilari – fransuz kubistlari (J. Brak va P. Pikasso) anʼanalariga tuzatish kiritgan rus postkubizmi anʼanalarini davom ettirdi».Biroq ayni paytda A. Volkov «Xalq bilan tushunar li tilda suhbatlashishni istayman», degandi. Xalq sanʼati va dastgoh kartinalarining anʼanaviy shakllari qorishuvi asosidagi bu tilni u yaratgan edi. A. Volkovning 1920 yillardagi ijodiy tajribalari uning anʼanaviy badiiy hunarmandchilik, shu jumladan gilamdo‘zlik asarlaridan o‘z ichida «… qiyofalar mohiyatini ochib berish; bezak, usullar, uslubni tushuntirish; kompozitsiyalar, bo‘yoqlar uyg‘unligi sirlarini ochish; Sharq sanʼatining murakkab jarayonlari va qonuniyatla rini aniqlash va o‘tmishni bugun bilan birlashtiruvchi yagona tizim 

yaratishdan olgan jonli tuzilmalarini chuqur tushunishini namoyish etdi. Bu tizimda anʼanalardan shunchaki «foydalanilmaganda edi», sanʼat butunlay yangi hayot boshlar va ortga nazar tashlamay, bir qadam oldinga qarab yurgan bo‘lar edi».

A. Volkov, A. Nikolayev (Usto Mo‘min), O. Tatevosyan, N. Karaxan, O‘. Tansiqboyev, A. Siddiqiy va boshqalar ijodiga bag‘ishlangan mavjud adabiyotdan xulosa chiqarish mumkinki, «ular xalq sanʼatiga shaxsan murojaat qilish deganda, shunchaki rus yoki Yevropa avangardi tajribasini o‘zlashtirishnigina emas, balki Markaziy Osiyo badiiy anʼanalarining uzluksiz zanjirini davom ettirishni tushunganlar». Ularning 1920 yillardagi ijodiy konsepsiyalari asosida anʼanaviy sheʼriyatni teran tushunish va uni XX asrning ijodiy intilishlari bilan uyg‘unlashtirish mujassam bo‘lgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Avangardning O‘rta Osiyodagi yorqin ijodkorlari kimlar edi?
Avangardning O‘rta Osiyodagi yorqin ijodkorlari kimlar edi?