O‘zbekistonda tasviriy sanʼat milliy maktabi tashkil topishi

O‘zbekistonda tasviriy sanʼat milliy maktabi tashkil topishi

1920 yillarda O‘zbekistonda tasviriy sanʼat milliy maktabini shakllantirish jarayoni amalga oshirila boshlandi.

Bu o‘n yillikda Toshkent, Samarqand, Andijonda rassomlik maktablari ochilgan. Ko‘plab rassomlar keyinchalik Moskva rassomlik studiyalarida, Badiiy akademiya qoshidagi Peterburg rassomlik bilim yurtida, Oliy badiiy va texnik ustaxonalar hamda boshqa o‘quv yurtlarida tahsil olganlar. Bu davrda O‘zbekistonni ikkinchi vatani deb bilgan rossiyalik rassomlarning katta oqimi ko‘zga tashlanadi. Ular isteʼdodli ijodiy shaxs sifatida shakllanganlar va o‘ziga xos tasviriy sanʼat maktablari vujudga kelishiga katta hissa qo‘shganlar.

 Bu o‘n yillik va 1930 yillarning boshlari O‘zbekistonda tasviriy sanʼat qaror topish bosqichi bo‘lganiga qaramay, milliy sanʼat tarixiga erkinlik, ijodiy ruh qanot yoygan, realizm va badiiy oqimlarning turli ijodiy uslublari bir vaqtda rivoj topgan davr sifatida kirgan. Biroq bu o‘n yillik asosan «Turkiston avangardi»dek noyob yo‘nalish vujudga kelgani bilan eʼtiborga loyiq. Uning R. Mazeldan boshqa barcha vakillari O‘zbekistonda yashab ijod qilgan. Shu sababli ana shu rassomlar ijodiga to‘xtalgan holda biz uni «o‘zbek avangardi» deb ham atashga jurʼat etdik.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

O‘zbekistonda tasviriy sanʼat milliy maktabi tashkil topishi
O‘zbekistonda tasviriy sanʼat milliy maktabi tashkil topishi