
Ular odamlar, hayvonlar, parranda va baliqlar, shuningdek, qandaydir afsonaviy maxluqlarning tasvirlaridan iborat. Ularning ko‘pchiligi uchun umumiy jihat – garchi to‘la hajmli yoki dumaloq haykallar oz bo‘lsa-da, yuz tomonidan barelyef tasvirlar hisoblanadi.
Tuyamo‘yindan topilgan ot haykali (VII–VIII asrlarga oid) ham juda eʼtiborga molikdir. Uning sirti angobning yorqin yashilsimon tusi bilan qoplangan. Otning yonboshida chavandozning bukilgan tizzasi izi seziladi. Haykal o‘ta jonli ishlangan bo‘lib, ilohiy chavandoz ko‘rinishida quyosh xudosi Mitraga sig‘inish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ot esa uning ajralmas belgisi hisoblanadi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼati muzeyi to‘plami” kitob-albomida (IX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.